Putin prezidentlikka qaytdi, Markaziy Osiyoda umid va xavotirlar


Tirikchilik osonlashsa bo'lgani, deydi oddiy odamlar. Rossiya Tojikistondan ish izlab borayotganlar uchun sharoitni yaxshilasin.

Tirikchilik osonlashsa bo'lgani, deydi oddiy odamlar. Rossiya Tojikistondan ish izlab borayotganlar uchun sharoitni yaxshilasin.

Rossiyada Vladimir Putin prezidentlikka kirishar ekan, Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat qanchalik o'zgaradi?

Тоjikistonda ayrim ziyolilar umidga to'la, boshqalar esa salbiy burilishlar bo'lishi mumkin deya xavotirda.

Tirikchilik osonlashsa bo'lgani, deydi oddiy odamlar. Rossiya Tojikistondan ish izlab borayotganlar uchun sharoitni yaxshilasin.

Yosh tojik jurnalisti Komroni Aslon Dmitriy Medvedev rahbarligi davrida aloqalar yomonlashdi deydi.

“Putin prezidentlikka qaytib, muhojirlar masalasida bizni qo’llaydi deb o’ylayman. Bu biz uchun yaxshi imkoniyat”,- deydi u.

Yana bir ziyoli, Sabohat Olimova fikricha esa Rossiya va Tojikiston orasidagi aloqalar xalqlarga emas, ikki prezidentga bog’liq. Tojikiston o’z shartlarini qo’yishga o’rganishi zarur, deydi u.

“Putin komandasiga munosabat qilishni bilishimiz kerak, qachongacha katta og’a deb yuramiz”?

Moskva, 7-may 2012

Moskva, 7-may 2012

Turli xalqaro tashkilotlar o'tkazgan seminar va treninglarda faol ishtirok etib kelayotgan mutaxassislardan biri, Shomurod ismli tojikistonlik nazarida, Putin qanday bo’lmasin Rossiya harbiy bazasining Tоjikistonda uzoq vaqt qolishini ta'minlaydi. Tojik-rus aloqalari shundan kelib chiqib taraqqiy etadi, deydi u.

“201-diviziya yana 49 yilga qoldirilishi durust bo’lardi. Rossiya ijara haqi beradihan bo’lsa, o'rtada biror bir ziddiyat bo’lmaydi”.

O'qimishli, ammo radikal qarashdagi yoshlar Putinning odil siyosat olib borishiga ishonmaydi.

“Hozir Rossiyaning o’zida ham Putinga qarshi odamlar juda ko’p. Faqat bu haqda gapirmaydilar. U juda ko’p qurbonlarga izn bermoqda, buni oqlay olmaymiz, shuning uchun ham uning odil siyosat yurgizishiga ishonmaymiz”,- deydi mutaassib ruhdagi yigitlardan biri.

Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jayev ikki davlat o’rtasidagi sovuqlashgan munosabatlarni o’tkinchi deb hisoblaydi. Bunday tushunmovchiliklar davlatlar orasidagi tabiiy holda, deydi u.

“Rossiya ham, Tojikiston ham bir-biridan to’la voz kecha olmaydi. Davlatlarni o’zaro bog’lab turadigan omillar juda ko'p”.

Tojik tadbirkori Qobil Soliyev O’zbekistonga qaraganda Tojikistonnng Rossiya bilan aloqalari yaxshiroq deydi va buning sababini hukumatning har doim ham ruslarga yon berib kelganligidan deb biladi. Bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi deydi u.

Yosh tojik jurnalisti Komron bu masalada Tojikiston pozisiyasi qat’iy bo’lishi kerak deb biladi. U milliy g’ururni past tushirmaslik zarur deb hisoblaydi. Ayniqsa rus siyosatchilarining Tojikistonga daxolat bilan chiqishlariga jim qolmaslik kerak.

“Biz tojiklarning izzatimizga tegishar ekan, nechun biz tegmaymiz? Biz ham milliy g’ururga egamiz. Tojikiston Rossiya oldida emas, Rossiya Tojikiston qarshisida tilovchi bo’lishi zarur”.

XS
SM
MD
LG