Muhojir ishchilar deportatsiyasi Tojikistonning zaif iqtisodiga yana bir zarba


Muhojir ishchilar deportatsiyasi Tojikistonning zaif iqtisodiga yana bir zarba

Muhojir ishchilar deportatsiyasi Tojikistonning zaif iqtisodiga yana bir zarba

Migrantlar ishi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar berayotgan ma'lumotga ko'ra, Rossiyada tojikistonlik yuzlab ishchi-muhojir hibsga olingan va yuzlab nafari deportatsiya qilingan.

Rus harbiy-transport samolyoti va uchuvchilarining Tojikistonda qo’lga olinishi va sud qilinishi munosabatlarni yanada murakkablashtirgan.

Prezident Dmitriy Medvedev esa migrantlarning haydalishi uchuvchilar sudiga bog’liq emas deydi.

Rasmiy ma’lumotlarg qaraganda Rossiyada 1 millondan ko’p tojikistonlik yashaydi. Aslida bu raqam ikki barobar ko'p bo’lishi mumkin.

Imomali Rahmon va Dmitriy Medvedevning 2011-yilning sentabr oyidagi uchrashuvidan

Imomali Rahmon va Dmitriy Medvedevning 2011-yilning sentabr oyidagi uchrashuvidan

Shu yil boshidan beri ularning bank orqali Tojikistonga yuborgan pullari 2 milliard dollardan ziyod. Mehnat muhojirlarining deportatsiya qilinishi - Tojikiston iqtisodiyotiga zarba.

So'nggi voqealar xususida jamoatchilik orasida fikrlar turlicha. Kimdir Rossiya tomon bo’lib o’z hukumatini ayblasa, ba’zilar ruslarga nisbatan qattiq turish tarafdori.

Masalan, Rossiyada ishlab qaytgan Shavkat Xo’jaev o’z hukumati tutgan pozisiyadan g’ururlanarkan, rus uchuvchilariga 8,5 yil emas, 20 yil qamoq jazosi berish kerak edi deb aytadi.

“Ularni oxirigacga bosish kerak, qachongacha tojiklar bunday orqada yuradi? Qayerga qarasangiz, tojik aybdor”,- deydi u.

Tojikiston Islomiy Uyg'onish Partiyasi Sug’d viloyat raisi Hoji Naimjon vaziyatdan tashvishda. Tobora ko’proq odam badarg'a qilinsa, ularning oila a’zolariga qiyin bo’ladi deydi u.

Tojikistonda millionlab oilalar Rossiyada ishlayotgan yaqini yuborgan pul bilan yashaydi

Tojikistonda millionlab oilalar Rossiyada ishlayotgan yaqini yuborgan pul bilan yashaydi

“Qayerda ish borki, ular mehnat qilib non topsa? Tojikistonda ish joyi yo’q. Prezidentdan umid qilamizki, vaziyatni kim shu darajaga yetkazgan bo’lsa, ular jazolansin. Negaki, ularning aybi bilan bechora-begunoh odamlar zarar ko’rmoqda. Biz bu masalani prezident o’z nazoratiga olib, ularni jazolasin deymiz.”

Hozir Tojikistonda yashayotgan rossiyalik Olga Kiritchenko ikki davlat o’rtasidagi vaziyat juda ham yomon, Tojikiston sudi xato yo’l tutgan deb hisoblarkan, bu qonunsizlik xalqaro miqyosga chiqib ketgani juda ham achinarli deydi.

“Tojikiston hukumati oqibatini o’ylamasdan ish qildi. Bizning hukumatimiz mehnat muhojirlarini deportasiya qilishda albatta shoshqaloqlik qilmoqda, salla o’rniga kallani olishmoqda. Bu ishda vazminlik, diplomatiya zarur. Deportasiya davom etaversa, bu Tojikiston uchun juda ham dahshatli halokat bo’ladi.”

Qahraton qishda Tojikiston aholisi elektr quvvatisiz qiynaladi

Qahraton qishda Tojikiston aholisi elektr quvvatisiz qiynaladi

Tojikistonlik ishchi Abdurahim Rahmatullayev yuzaga kelayotgan muhit xalqni o’z hukumatiga qarshi qilib qo’yishi mumkin deb o’ylaydi.

Uningcha, Rossiya hukumatining vaziyatdan o’z manfaatlari uchun foydalanishga intilib, qashshoq mamlakat muhojirlarini badarg’a qilib, bank orqali Tojikistonga pul jo’natishga to’sqinlik qilsa, viza tartibini qo’llasa, xalq orasida kuchli norozilik paydo bo’ladi.

“Yuz minglab mehnat muhojirlarimiz qaytib keladigan bo’lsa, bu yerda turmush og’ir bo’lishi mumkin. Jinoyatchilik ko’payib, xalqning turmushi og’ir bo’lib, har xil gaplar ko’payib davlatga nafrat, tuzumga har xil ishlar bo’lishi mumkin”,- deydi Rahmatullayev.

Benzin taqchil

Benzin taqchil

Xo’jaev masala shunday keskin bo’laversa, Tojikiston Rossiyadan yuz o’girib, Amerikaga tayanishi zarur deb hisoblaydi.

“Amerikada demokratiya Rossiyaga qaraganda kengroq. Rossiya hech kimni mensimaydi, ular o’z manfaatlarini o’ylashadi, qolganlar o’lib ketsa ham ularga farqi y’oq. Bo’lmasa, Rossiya Tojikistondan harbiy bazasini chiqarib ketsin”,- deydi Xo'jayev.

Abdurahim Rahmatullayev bu fikrlarga qo’shilmaydi. Uning fikricha, tojik hukumati odamlarning bozordagi gaplariga qarab yo’l tutmaydi.

“Bu gaplar hammasi ko’chaning gapi, bu masalada ulaning biz bilan uzoq yillik shartnomasi bor, bunday bo’lmaydi.”

Tojikistonda ichimlik suvi ham katta muammo

Tojikistonda ichimlik suvi ham katta muammo

Tojik eksperti Jabbor Yo’ldoshevning fikricha, vujudga kelgan sharoitdan G’arb davlatlari unumli foydalanishlari mumkin.

Bu holatda ular ham Tojikistonga ko’mak ko’rsatgan bo’ladi, ham regionda o’zlariga ishonchni kuchaytiradi, deydi u.

“Tojikiston hukumati G’arb mamlakatlari, arab davlatlari bilan aloqa qilib, mehnat muhojirlari uchun o’sha tomonlardan ish joylari topsalar, Yevropa Ittifoqi va qudratli Amerika singari davlatlar o’rtaga tushsalaru, bu masalani ijobiy hal qilsalar, Tojikiston manfaatlariga juda ham mos kelardi”.

Yuzaga kelgan vaziyatning Tojikistonga salbiy ta’siridan tashvishlangan ziyolilar Xo'jand shahrida partiyalarning mushtarak yug’ilishini o’tkazdilar.

Islomiy uyg’onish partiyasi, Demokratik partiya, Agrar partiya, Kommunistik partiya, Sotsial-demokratik partiya va Iqtisodiy islohot partiyasi faollari respublika hukumatiga masalani diplomatik tarzda hal qiling deya murojaat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG