Aleksandr Sodiqovning ishi Tojikistonda yosh olimlarni vahimaga soldi


Tadqiqotchi jurnalistlardan iltimos qilib, hozircha bu ishni ko’tarmaslikka, savol-javobni ko’paytirmaslikka undagan. Kuzatuvchilar esa uning bayonotidan tashvishda.

Tadqiqotchi jurnalistlardan iltimos qilib, hozircha bu ishni ko’tarmaslikka, savol-javobni ko’paytirmaslikka undagan. Kuzatuvchilar esa uning bayonotidan tashvishda.

Tojikistonda davlatga qarshi josuslikda ayblanib bir oydan ortiq hibsda saqlangan yosh olim Aleksandr Sodiqov tovon evaziga ozodlikka chiqdi. Lekin unga qarshi jiddiy ayblov kuchda qolmoqda. Tadqiqotchi jurnalistlardan iltimos qilib, hozircha bu ishni ko’tarmaslikka, savol-javobni ko’paytirmaslikka undagan. Kuzatuvchilar esa uning bayonotidan tashvishda.

Uning gazetada chop etilgan intervyusini o’qigan mahalliy bir jurnalistning fikricha, mamlakat maxsus xizmati “yana qovun tushirgan ko’rinadi”.

“Uning gazetaga bergan intervyusi mazmuni kishni taajjubga soladi. Lekin Tojikiston izolyator va qamoqxonalarida qiynoqlar haqidagi xabarlarning qanchalar ekanligi hisobga olinadigan bo’lsa, bir oydan ortiq hibsda saqlangan yosh olimni tushunsa ham bo’ladi”, - deydi u.

Amerikada universitetda o’qib kelgan Faridun Xoshimov bu kabi ishlar, tadqiqotchini josuslikda ayblash yoshlar ongiga salbiy ta’sir o’tkazib, ularning vatanda kelajakka ishonchini yo’qotadi deydi.

“Menimcha, Sodiqov hech qanaga shpion bo’lishi mumkin emas, bu yerda hukumat vahima etib televizorlarda ko’rsatib, u bechora bola bizlarga muammoni qanday hal etishda yordam berishga harakat qilmoqda-yu, rahbarlar uni shpionga chiqarmoqda. Bu yerda xorijga ketgan ko’p yoshlar shunaqa ishlar sabab qaytib kelishni istamaydi. Bu yerda xorijda o’qib kelsang, oddiy narsaga savol qilsang tamom, hamma shpion! Bu yerda aniqlab olinadigan narsalar yo’qki, biron nimani olib biron kishiga sotsa, Badaxshonda biron terroristik islom harakatlari yo’qki, uni bunda ayblasalar”, - deydi u.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o’zining so’nggi chiqishlaridan birida respublikadagi nodavlat tashkilotlarida ishlovchilar, mustaqil jurnalistlarni hushyorlikka chaqirib, vatanga sadoqatlilik haqida ma’ruza qilgan.

Kuzatuvchilar bu chiqish aynan Sodiqovning hibsga olinishi bilan bog’liqligiga ishora qilishadi. Bir qator xalqaro tashkilotlarda volontyorlik qilgan Faridunning fikricha, mamlakat prezidenti respublikadagi barcha narsalardan xabardor bo’lolmaydi, uning chiqishlariga matn tayyorlab beruvchilar masalani hal qiladi.

“Bu yerdagi nodavlat tashkilotlari ishida davlatga qarshi ish yo'q, ularning harakati so’z erkinligi, Tojikiston muammolarini hal etish, yaxshi tomonni ko’rsatish, davlat xalqni aldamasligiga erishish. Prezident chiqishlarini boshqalar yozib berishadi, uyam o’qishdan oldin bir insondek o’ylashi kerak, kimdir yozib bersa aytaveradi. Menimcha, bu yerda ishlayotgan biron tashkilotni davlatga qarshiligi, biron harakati ham, maqsadi ham yo'q. Aksincha, ularning harakati xalq haqni bilsin, shu haq rivojlanish oldinga ketsin”, - deydi suhbatdosh.

Tojikiston milliy xavfsizlik qo’mitasi, davlat rahbarlari haligacha Sodiqov ishida jiddiy asoslar borligini ta’kidlab kelishadi. Mahalliy hukumat vakillaridan biri bo’lgan Zaynab Xoshokova mamlakat xavfsizligi uchun salohiyatli mahkama to’g’ri ish tutayotganini aytadi.

“Tojikistonning darvozasi bor, egasi bor, kim kelib kirib-chiqib ketaversa, xohlaganini qilsa, axir bu yer bozor emas-ku, bizni militsiya qandini ursin! Qachongacha biz begonalarning yugurdagi bo’lamiz, man hayronman-ki, o’zimizni odam, bir tojik bolasi allaqanday davlat dushmanlari bilan apoq-chapoq bo’lsa, bir nimalarni bilib olib, chet elga olib chiqsa, bu qanaqa gap? Eshigingni taqillatgan har odamga uyingdagi sir-asrorni dasturxon qilmaysan-ku, axir. Bu Sodiqovga o’xshagalarning tanobini tortib qo’yish kerak, joyini bilib yursin”,- deydi u.

Faridun singari o’qimishli, tadbirkor yoshlar esa vatanlaridagi hukumat odamlari uyushtirayotgan ishlarni aqldan tashqarida deb hisoblashadi.

“Baliq boshidan sasiydi” deb bekorga aytishmaydi, bizni odamlarni kallasi, tomi ketgan, rahbarlar nima qilishni, o’zini qayerga urishni bilmaydi. Oddiy odamlar o’z yumush-tashvishi bilan band, ularga kim keldi-ketdi, nima dedi, nima so’radi, ishi yo’q. Chunki davlat o’zi shunday qilib qo’yganki, hamma, bechora yoshlar chet ellarga, Rossiyaga borib ishlab yuribdi. Shuning orqasidan ham qaytib kelmoqchi emas", - deydi u.

Tojikiston Badaxshoni markazi, Xorug’ shahrida muxollifatchi Olim Sherzamonov bilan suhbati sabab mahkamaga tortilayotgan Aleksandr Sodiqov ayni paytda uyida bo’lsa ham, Sherzamonovning ta’kidlashicha, masala jiddiyligicha qolmoqda.

Sherzamonovning fikricha, mavjud sistema xatosini tan olmaydi, josus deb gumon emas, suddan oldin ayblanayotgan yosh olimga qilinayotgan tahdid Tojikistonning xalqaro siyosiy obro’siga putur yetkazadi.

XS
SM
MD
LG