Tojikiston xavfsizlik kuchlari besh jangarini o’ldirgan

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston bilan chegara - nozik joy

Afg'oniston bilan chegara - nozik joy

Tojikistonda terrorizmga qarshi operatsiya davomida kamida besh jangari yo’q qilingan.

Biri yoz oxirida, 25 avgustda Dushanbedagi qamoqdan qochgan 24 mahbusdan biri ekani aytilmoqda.

Avgustdan beri xavfsizlik kuchlari yetti mahbusni ushlab, yana uch nafari o’ldirgan.

O’tgan oy boshida Tojikistonning Rasht vodiysida, Afg’oniston bilan chegara yaqinida jangarilar askarlarga hujum qilib, 26 nafarini o’ldirgan edi. O’zbekiston Islomiy Harakati bu uning ishi ekanini da’vo qilgan.

Shundan so’ng hukumat terrorchilarning ketiga tushgan.

Tojikiston rasmiylarining aytishicha, Afg’onistonda siquvga olingan Tolibon va al-Qoida qo’shni davlatga o’tishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG