Rossiya zobitlari Tojikistonda yana uzoq vaqt qoladi

  • Amerika Ovozi

Tomonlar xursand

Tomonlar xursand

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarini mintaqadagi muammolar uchun mas’uliyatni teng bo’yinga olishga undadi. Prezident Dmitriy Medvedev bugun Dushanbeda Afg’oniston, Pokiston va Tojikiston rahbarlari bilan suhbatda shu haqda gapirdi.

Uning aytishicha, erishilgan bitimga ko’ra, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazada yana 49 yil qolishi mumkin.

Tojikiston va Pokiston, Afg’oniston bilan chegaradosh ikki davlat Qo’shma Shtatlar askarlari ketgach, mintaqada yana jangarilar faollashadi, deya xavotirda.

Bugun Moskva bilan kelishuv sharofati bilan endi Tojikiston hududida rossiyalik 6000 harbiy ancha paytgacha xizmat qiladi. Bu zobitlar soni jihatidan Rossiyaning xorijdagi eng yirik bazasidir.

Evaziga Rossiya Tojikistonga zamonaviy qurol-yarog’ yetkazib turadi va armiyani tayyorgarlikdan o’tkazadi. Tomonlar Dushanbedagi "Ayniy" aeroportidan birga foydalanishga ham rozi.

Ayrim siyosatdonlar fikricha, Rossiya NATO qo’shinlari ketishiga taraddud ko’rmoqda, ya’ni regionda ta’sir doirasini oshirmoqchi.

Bundan tashqari, Rossiya rasmiylari prezident Emomali Rahmon bilan 1300 kilometrlik Tojikiston-Afg’oniston chegarasiga askar jo’natish haqida ham bir toxtamga kelgan.

2005 yilgacha sarhadlar himoyasi rus zobitlari zimmasida bo’lganini esdan chiqarmaslik kerak.

Kreml xavotiri – jangarilar va qoradori savdogarlari ilma-teshik chegaradan bemalol o’tib yurgan bo’lishi mumkin.

Pokiston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari Afg’onistonda murosa yo’lidagi muzokaralarni qo’llab-quvvatlab, xavfsizlik mahalliy armiya zimmasiga o’tayotganini yoqlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG