Breaking News

Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida


Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida
Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida

Amerika yetakchiligidagi xalqaro kuchlar Afg’onistonni 2014-yilga borib tark etadi. Bu qat’iy reja, deydi prezident Barak Obama.

Lekin Kobuldagi siyosiy ahvol va mamlakat istiqboli yuzasidan xavotirlar kuchli. Tolibon bilan murosa qilinadimi?

Jangari kuchlar oddiy xalq va hukumatga nisbatan xurujlarni davom ettirmoqda. Kelasi ikki yilda nimaga erishish mumkin?

Toliblar bilan til topishish hozirgi afg’on hukumatining asosiy maqsadlaridan biridek ko’rinadi. Bunga mintaqadagi legal va nolegal islom harakati faollari, mutaassiblar qanday qarashadi? Ularning qarashlari o’ta radikalmi?

Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi Sug’d viloyat nohiya raisi Safarmahmad Abdulloyev Karzay hukumati Tolibon bilan mumkin qadar tezroq kelishishi zarur deb hisoblaydi.

“Butun afg’on millatiga, uning qo’shnilariga ham zarar keltiruvchi bu mantiqsiz, doimiy janglar iloji boricha tezroq yakun topishi kerak. Bizning pozitsiyamiz tinchlik, barqarorlik va rivojlanish pozitsiyasidir. Tolibon nafaqat Afg’onistonda, balki regionda kuch sifatida shakllanganini inobatga olish zarur”, - deydi Abdulloyev.

Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida
Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida

Tojik mutaassiblaridan birining fikricha, Afg’onistonda toliblar vakili hukumat idoralarida o’tirmas ekan, u yerda tinchlik bo’lmaydi. Men o’zim afg’onlarning toliblarga xayrixohligiga guvoh bo’lganman, deydi ismi ko’rsatilishini istamagan kishi.

“Aholi G’arb bilan kelishib urush olib borayotgan hukumatga qaraganda Tolibon bilan tez til topishadi. Chunki ular G’arb keltirayotgan qandaydir sivilizasiyani emas, o’z aqidalariga mos hayotni ma’qul ko’rishadi”.

Chet elda siyosiy muhojiratda bo’lgan radikal qarashdagi Mavlon Xudoyorzoda Karzay hukumatini Tolibon bilan kelishuvga boshlayotgan Amerika bu regionda o’z manfaatlarini ko’zlayotganini aytadi.

Uning fikricha, Tolibon uzoq yillar kurash olib borib, mavjud hukumatni “pachag’ini chiqarib tashlashiga Amerika hukumatining 100 foiz aqli yetadi”. U Tolibonni bir tarafdan “Amerika chirmandasiga o’ynamoqda” desa, ikkinchi tomondan “toliblar Karzay hukumati bilan urush olib borishi Amerikaga ma’qul emas” deydi.

“Agar toliblar shartiga ko’nsalar, Karzay hukumati va Tolibon kelishishi mumkin. Ikkalasi qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar hukumatni bo’lishib boshqarishi mumkin. Tojikiston bilan mustaqil davlat sifatida kelishaveradi. Amerika bularni ichiga kirib olib, qurolni qo’ydirib olgandan keyin Tojikistonni ishini qiladi. Xalqimizni qaysi biri quchoq ochib kutib olmaydi islom desa?”, - deydi suhbatdosh.

Xudoyorzoda fikricha, o’zaro kelishuv sabablaridan biri arab davlatlaridagi muttasil boshqaruvsiz g’alayonlar bo’lishi mumkin.

Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida
Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida

"Chunki arab davlatlarida rejalashtirilgan inqilobiy o’zgarishlar nazoratdan chiqib ketgan. Bu degani, Islom ummati jilovi qo’ldan chiqib ketdi”,- deydi u.

Mavlon Xudoyorzodaning fikrini ba’zi mahalliy mutaassiblar qabul qilmaydi.

Amerika mintaqamizda qandaydir tahlikali vaziyatlar tug’ilishidan manfaatdor emas, kuchli Markaziy Osiyo, Rossiyaga raqabotdosh rivojlangan mintaqa G’arb uchun foydali, xatarni janubdan emas, shimoldan kutish kerak, deyishadi ular.

Ba’zi tahlilchilar ham Afg’onistonda Tolibon hukumatga kelsa mintaqaga xavf tug’dirishi, qo’shnilarga bosqinlar uyushtirishi mumkin, deyishadi. Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi faoli bu kabi fikrlarga qo’shilmaydi.

Safarmahmad Abdulloyev fikricha, hukumatga kelgan Tolibon qo’shnilariga qarshi yurish qilmaydi.

“Chunki birinchidan Tojikiston mustaqil davlat, biror mamlakat bu davlat chegarasini buzib kirishi yoki oromini buzishiga ishonmayman. Xalqaro tamoyillar bor, agressiyaga javob bera oladigan harbiy kuchlar bor. Ikkinchidan, Afg’onistonning o’zi hali yordamga muhtoj. Masalan, Afg’onistonda hozir ham Tojikiston, ham AQSh yordamida ikki davlat o’rtasida beshta yirik ko’prik qurildi. Hali yana quriladi. Bundan maqsad, mintaqa davlatlari iqtisodiy birligini ta’minlash, tinch bozor munosabatlarini rivojlantirishdir”, - deydi u.

Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida
Tolibon bilan muzokaralar, Tojikistondagi islomiy doira vakillari nazarida

“Amerika qo’llayotgan Ipak yo’lining janubiy tarmog’ini izchil rivojlantirish bizning manfaatlarimizga mosdir. Bu esa, Afg’onistonsiz amalga oshmaydi. Biz hozircha shimoliy qo’shnilarimiz tomonidan yo’l qamalida ekanmiz, janubga, Afg’oniston, Pokiston orqali Hindiston va Hind okeaniga chiqish payida bo’lishimiz kerak. Bugun biz uchun janubga yo’l, janubiy davlatlar bozoriga chiqish real alternativa hisoblanadi. Afg’onistondagi tinchlik bizni taraqqiyotimiz garovi bo’lishi mumkin”, - deydi Abdulloyev.

“Shuning uchun biz nafaqat muzokara bo’lishini istaymiz, balki Hamid Karzay boshchiligidagi Afg’oniston hukumatidan so’raymiz hamki, Tolibon bilan kelishuvga borsinlar, tinchlikni ta’minlasinlar, boshqa har qanday jang-jadallarga xotima yasasinlar”.

XS
SM
MD
LG