BMT maxsus vakili: Qiynoqqa qarshimisiz, isbotlang

  • Amerika Ovozi

Xuan Mendez, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlar bo’yicha maxsus vakili

Xuan Mendez, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlar bo’yicha maxsus vakili

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlar bo’yicha maxsus vakili Tojikiston safarini yakunlar ekan, respublika qonunchiligi va adliya tizimida yuz bergan o’zgarishlarni ijobiy baholamoqda.

Xuan Mendez deydiki, bugun Tojikistonda qiynoq nima ekani qonunan aniq tar’iflangan va jinoiy jazolar belgilangan. Lekin, deya ta’kidlaydi u, tuzum qiynoqlarga qarshi ekani va eng yuqori lavozimlarda o’tirganlar ham unga toqat qilmasligini ochiq isbotlashi kerak. Ya’ni, qiynoqqa qarshi siyosat ham qog’ozda, ham amalda isbotlanishi shart.

“Agar hukumat qiynoq usullari qo’llanishini tan olmasa, bu sistematik ekani va emasligidan qat’iy nazar, bu holatga chek qo’yilmaydi. Aksincha, u yanada avj oladi va vaziyat og’irlashadi”,- deydi Xuan Mendez Tojikistonga ilk tashrifini tugatar ekan.

BMT maxsus vakili respublikada 10-18 may kunlari bo’ldi. Rasmiy qo’shni O’zbekistonga ham borishni istaydi, lekin mamlakat darvozalari uning uchun yopiq.

Mendezdan oldingi vakil Manfred Novak ham respublikaga borishga harakat qilgan, prezident Islom Karimov va uning ma'muriyati bu borada qayta-qayta murojaat qilgan, ammo rad etilgan.

2002-yilda BMTning Qiynoqlar bo’yicha o’sha paytdagi maxsus vakili Teo van Boven O’zbekistondagi ahvol bilan tanishgach, qiynoqlar sistematik ravishda qo’llanadi deya hisobot bergan edi. 10 yildirki, BMTning biror maxsus vakili bu respublikaga kiritilmagan.

Xuan Mendez fikricha qiynoqlarga qarshi qonun qabul qilish bilan muammo hal etilmaydi.

Karimov va Rahmon

Karimov va Rahmon

Jamiyatda bu mudhish jinoyatga nisbatan targ’ibot ishlari olib borish, fuqarolarning huquqiy bilimishi oshirish, mutasaddilar orasida javobgarlik va mas’uliyat hissini kuchaytirish, adliya tizimi mustaqil bo’lishi uchun harakat qilish va qiynoqda aybdor deb topilgan shaxslarga kuchliroq jazolar belgilash kerak. Tojikistonda qiynoq uchun besh yillik qamoq jazosi belgilangan. BMT maxsus vakili nazarida bu juda yengil chora.

Dushanbe, Xo’jand, Isfara, Istarafshon va Qor’gon-Tepada bo’lgan Xuan Mendez Tojikiston hukumatiga xalqaro majburiyatlar va qonunlarni eslatgan.

Respublika BMTning Qiynoqlar va insonni tahqirlovchi, kamsituvchi va xo’rlovchi boshqa jinoyatlarga qarshi konvensiyasini 1995-yilda ratifikatsiya qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG