Tojikiston BMTga: Terrorizmga qarshi yangi mexanizm kerak

  • Amerika Ovozi

Sirojidin Aslov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri

Sirojidin Aslov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri

Terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash Tojikiston uchun og'ir vazifa bo'lib qolmoqda; davlat bu borada yordam va hamkorlikka muhtoj, deydi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, BMT Bosh Assambleyasida so'zlar ekan. (VIDEO)

“BMT dunyo tinchligi va xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul organ ekan, umid sizda", - dedi Aslov.

"Qashshoqlik, globalizatsiyaning salbiy oqibatlari, qonli mojarolar - bularni hal etishda biror davlat o'zi alohida harakat qila olmaydi. Hamjihatlik, sabr-qanoat, tolerantlik va o'zaro ishonch kerak".

Aslov deydiki, terrorizm va ekstremizmning ildiziga bolta urish uchun kuchli milliy, regional va xalqaro mexanizmlar kerak. Ilg'or texnologiya va uquvga muhtojlik bor, deya qayd etdi Tojikiston Tashqi ishlar vaziri.

Suv va tejamkorlik, taraqqiyot, iqlim, urbanizatsiya va aholi sonini nazorat qilish masalalarida ham Tojikiston o'z g'oya va yechimlariga ega va xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga shay, dedi Aslov.

BMT Bosh Assambleyasining bu yilgi sessiyasiga Markaziy Osiyodan biror prezident kelmadi. Besh respublikaning baridan tashqi ishlar vazirlari so'zladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG