O'zbeklar Tojikistonda o'z haqlari uchun madaniy kurash boshlagan


Keyingi yillarda o’zbeklarning laqay, kenagas, mang’it va qipchoq singari katta urug’lari Tojikistonda alohida millat sifatida ro’yxatga olina boshladi. Bu rasmiylarning oriylik da’vosidagi milliy siyosatiga uyg’un ehtimol.

Tojikistonda o’zbeklar o’z haqlari uchun kurashning turli yo’llaridan bormoqda. Bundan ikki yil muqaddam respublika shimoli, So’g’d viloyatida mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat Markazi tashkil etilgan edi.

Ayni kunlarda Xo’jand va uning atrofidagi o’nga yaqin nohiyalarda Markaz bo’limlari faol ish yuritmoqda.

Tojikistondagi o’zbek ijodkorlari asarlari targ’iboti va taniqli kishilar hurmatini yuqori ko’tarish, inson haqlari himoyasi bu Markaz faoliyatining asosini tashkil etadi.

Fotoreportaj:

XS
SM
MD
LG