Tojikistonda qahraton qish, fotolavha

Tojikistonda qish aholi uchun sinov. Chiroqsizlik uzoq sovuq tunlar ko’pchilkning joniga tekkan. Asrlardan beri odamlar joniga oziq bo’lib kelayotgan chorva tezagi asosiy isitish manbai. Qishloq joylarida sutkasiga atigi 4-5 soatdan elektr toki beriladi xolos. Holbuki, hukumat qaroriga ko’ra, elektr energiyasi uchun limit nohiyalarga sutkasiga 14 soatdan deb belgilab qo’yilgan. Tojikistonda yirik tabiiy ko’mir konlari bo’lsada, ulardan foydalanish juda orqada qolgan. Konlar tog’larda joylashgan va ulardan foydalanish juda mushkul. Ilgari qish uchun aholi tonnalab ko’mir olgan bo’lsa, hozir uni qoplab va kilogrammlab olish odat tusiga kirgan. Uning bir qopi 15 dollar atrofida. Shahar aholisi uchun umumiy isitish tizimi ertakka aylanib qolganiga ancha yillar bo’lgan.
To'liq holda ko'ring

Bayram archasi o'rnatilgan maydon doimo gavjum.
1

Bayram archasi o'rnatilgan maydon doimo gavjum.

Butun yil davomida yig'ilgan mol tezaklari qishda uy isitish va hatto non yopish uchun qo'l keladi.
2

Butun yil davomida yig'ilgan mol tezaklari qishda uy isitish va hatto non yopish uchun qo'l keladi.

Hovlida qoldirilgan mashinalar tonggacha ana shunday libos kiyadi
3

Hovlida qoldirilgan mashinalar tonggacha ana shunday libos kiyadi

Ota-onalari qarshisida qish haqida she'rlarni yoddan o'qish bolalarda faxr uyg'otadi
4

Ota-onalari qarshisida qish haqida she'rlarni yoddan o'qish bolalarda faxr uyg'otadi

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG