Tojikiston aholisining 40 foizdan ortig’ini xotin-qizlar tashkil etsa, ayollarning aksariyati ishsiz. Biroq hukumatdan bu haqda eshitmaysiz. Ayollarni jamiyat ko’zgusi, hayot davomchilari deyishadi. Bugun Tojikistonda hatto yosh qizlar ro’zg’or tebratayotganiga guvohmiz. ​

Tojikiston prezidentining maxsus qaroriga ko’ra, respublikada layoqatli ayol mutaxassislar yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda, davlat ishlariga jalb etilmoqda, parlamentda ularga o'rin ajratilmaqda.

Hozir davlat ishlarida band bo’lgan amaldor xotin-qizlar sovet davridagidan ko’proq, deydi "Ameriika Ovozi" bilan muloqot qilgan fuqarolar.

Mohigul Namozova fikricha, rahbariyat e’tiboriga tushgan ayollar jamiyatda qadr topmoqda, yuksak martabalarga erishmoqda.

"Muhtaram prezidentimiz, janobi oily, millat peshvosi Emomali Rahmon Tojikiston ayollari uchun barcha sharoitlarni muhayo etib qo’yganlar. Bevosita ularning qo’llab-quvvatlashi bilan xotin-qizlarimiz davlat ishlariga jalb etilmoqda. Prezident apparati, parlamentda, barcha nohiya raislarining o’rinbosarlari orasida ayollar bor. Biz bunday e’tibordan mamnunmiz, ayollarimiz jamiyatda o’z o’rnini topmoqda", - deydi Mohigul.

10 yashar qizaloq Zarina Sharipova bir yildirki, xolasinikida yashaydi. Uning ota-onasi Rossiyada mehnat muhojirligida. Uning so’zlarida bugungi jamiyat yaqqol namoyon.

Uch haftadan beri qozonda go’sht ko’rmagan Zarina beg’ubor bolalik soddaligi bilan o’z hayotini, aksar oilalarga tanish manzarani tasvirlaydi. Pochchasi ham Rossiyadan pul jo’nata olmayotganidan xolasining ko’ngli bo’shab yig’layotganini aytadi.

"Navro’zga yangi kiyimlarimiz qolmadi. Kartoshkamiz tamom bo’lgan, qo’shnidan olamiz, bozorga chiqishimizga pul yo’q. Non qilishga unimiz qolmagan, qo’shnilarimiz beradi. Onamlar qarib qolgan, uyimizda bolachalar ko’p, ovqat yetmaydi. Buvam shunga meni xolamnikiga qo’yib ketganlar. Xudodan buvamlarni olib kelishini, shkolad olib kelishini, pulimiz ko’p bo’lishini so’ragan bo’lardim. O’zimizning uyimizda yashasam deyman, tog’ajon",- deydi Zarina.

Uning qismati hozirgi zamonda ko’pning qismati.

Xo'jand, Tojikiston

Xo'jand, Tojikiston

Respublika bo'ylab otasini yillab ko’rmagan bolalar ko'p. Dadasi mehnat muhojiratidan kelsa, hatto tanimay qolishadi.

Barcha ro’zg’or yumushlari yelkasida bo’lgan Surayyo Usmonova bugungi haqiqatni, real manzarani rassomdek chizadi.

"Oddiy tojik va o’zbek ayolining bugungi qismati talxdek, o’zi kulib, ichi yongan ayolni ko’rganmisiz? Mehrga zor, qahrga botirilgan zaharli hayot sharobini yutgan-nichi? Bolalari uchun o’zidan kechgan ayolni taniysizmi? Boshiga ne kun kelsa ham, shukri Xudovand deb, alamini yutganni uchratganmisiz?Rossiyada yurib, o’n olti soatlab ishlab, pul topib, orasida yana yo’q demay, yo’lini qilib, vataniga pul jo’natib turgan ayolar ham bor. Bu ayollar hammaga tanishmasmi? Mana shular bugungi xotin-qizlarimiz qiyofasi desam adashmasam kerak",- deydi iztirob bilan Surayyo.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG