Fotoreportaj: Zarafshon vohasining yosh ijodkorlari davrasida


Qishloq maktablarida ijodkorlar bilan uchrashuvlar har doim mana shunday gavjum o'tadi

Qishloq maktablarida ijodkorlar bilan uchrashuvlar har doim mana shunday gavjum o'tadi

Tojikistonning Zarafshon vohasi nafaqat o’zining go’zal tabiati, sho’shqin daryosi, uzoq tarixi va qadimiy obidalari balki shoirtabiat insonlari bilan ham ardoqlidir.


Vodiyning bu qismida ulug’ sarkardalar Temur va Shayboniyxon avlodlari yashaydi.

O’zbekning barlos, tuyoqli, laqay, ming urug’lari hali ham bu hududda o’z qadr-qiymatlarini saqlab kelmoqda.

Tojikistonning tog’li Panjakent nohiyasidagi o’zbek urug’lari boshqa yerdagilardan bir muncha hurfikrliligi, qa'tiyat va chapdastligi hamda qaynoq qoni bilan ajralibroq turadi.

Qadim Panjakentning Sho’rnova, Yamonqiya, Chinor, So’jina, Toshmunor, Sarazm singari qishloqlarida asosan o’zbeklar istiqomat qiladi.

Bu zaminda Abu Abdulloh Ro’dakiy, Loyiq Sherali, Kamol Nasrulloh, Sherali Sokin, Sorbon singari buyuk adiblar tug’ilib o’sgan.

Hozirda ham mahalliy jamoatchilik chaqmoq singari yashnayotgan ijodkorlarni hurmat bilan qarshilaydi, izzat ko’rsatadi.

So’g’dning elga tanilib borayotgan o’zbek shoir va yozuvchilari bu qadimiy yurtning tog’ qishloqlaridagi maktablar va xonadonlarida ijodiy uchrashuvlar, she’rxonlik kechalari tashkil etishni doimiy yo’lga qo’ygan.

Taqdim etilayotgan fotolavha So’g’d ijodkorlarining qadimiy Panjakent zaminida o’tkazgan tadbirlarini aks ettiradi.


XS
SM
MD
LG