Tojikistondan ish izlab ketgan yigitlar bugun toliblar safidami?


Tojikistondan ish izlab ketgan yigitlar bugun toliblar safidami?

Tojikistondan ish izlab ketgan yigitlar bugun toliblar safidami?

Tojikistonda noqonuniy radikal islomiy oqimlarga qarshi kurash avjida. O’zbekiston Islomiy Harakati, Hizb-ut-Tahrir kabi guruhlar faollari sudlanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilmoqda.

Ba’zi tahlilchilar nazarida toliblar orasida nafaqat o’zbek va tojik balki chechen va qozoqlar bor.

Afg’oniston bilan nazoratsiz chegara, din ahli orasida norozilikning ortishi, radikallar ko’payib, hukumatlarning islomga xusumat bilan qarashi ba’zi odamlarni Afg’onistonga haydamoqda, deydi ular.

Mahalliy ziyoli Shayx Abduqahhor bir vaqtlar Tojikistondan chiqib ketgan jangarilar endi toliblar safida ekaniga gumon qilmaydi.

“Chunki Xo’jand, Dushanbeda qon to’kkanlar qochib chiqib ketgan. Ular tamoman yo’q bo’lib ketishmagan. Afg’onistonning bir burchagida yotipti. Tolibondagi odamlarning dini ham, millati ham yo’q. Ular din nomi bilan insoniyatga qarshi ish qilmoqda. Dunyo hozir juda notinch”, - deydi u.

Yana bir ziyoli, o'zini Mamadali deb tanishtirgan shaxs ham qishloqlardan yo’q bo’lib ketayotgan yoshlar, ehtimol, toliblar orasidadir, deb fikrlaydi. Uningcha, bu odamlar Pokiston, arab dunyosidagi turli bazalarda mashq qilmoqda.

Tojikiston Islom Uyg’onish Partiyasi a’zosi bo’lgan, lekin ba’zi sabablar bilan uning safidan chiqarilgan bir mahalliy mutaassibning aytichicha, toliblar safidagi yigitlarni tushunish mumkin.

Tojikistondan ish izlab ketgan yigitlar bugun toliblar safidami?

Tojikistondan ish izlab ketgan yigitlar bugun toliblar safidami?

“Masalan, men va menga o’xshash yigit-qizlar hech qachon mavjud tuzumni qabul qilmaymiz, ularga qarshi jihod Alloh tomonidan taqdirlanadi”, - deydi u.

"Chet elga ish qidirishga ketgan dindor yoshlarning ayrimlari ham aylanma yo’llar bilan Tolibonga qo’shilgan bo’lishi mumkin", - deydi uzoq yillar Rossiyada mehnat qilgan Alijon Jumayev.

"Afg’oniston va Chechenistonda jangarilar safda tojik, o’zbek yigitlar borligini eshitganmiz", - deydi u.

“Shunday emas deb kim kafolat bera oladi? Balki ular shuning hisobiga yashayotgandir? Orqadagilar pul jo’natib turib ularni yollagandir? Buni hech kim fakt emas deb isbotlay olmadi”, - deydi bu tojikistonlik.

Tolibonga qo’shilganlar Tojikiston yoki O’zbekiston hukumatini ag’darishni maqsad qilgan degan fikrga taqvodor Mamadali umuman qo'shilmaydi.

“Chunki, bu ikki davlat qurolli kuchlari juda yaxshi tashkil etilgan”, - deydi u.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG