Xillari Klinton: Askarlarning qilmishi razillikdir

  • Amerika Ovozi

Xillari Klinton: Askarlarning qilmishi razillikdir

Xillari Klinton: Askarlarning qilmishi razillikdir

Amerika askarlari toliblar jasadi ustida qovug’ini bo’shatgani haqorat va razil ishdir, deydi bu davlat rasmiylari.

Sal avval internetda buni tasvirlovchi video paydo bo’lib, jahon hamjamiyatini larzaga soldi. Harbiylardan biri murdalarga qarata siygach, “kuning yaxshi o’tsin” deganini ko’rish mumkin.

Davlat kotibasi Xillari Klinton buni “o’ta uyatsiz” deya ta’rifladi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton deydiki, askarlar qilmishi uchun javob beradi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton deydiki, askarlar qilmishi uchun javob beradi

“Amerika qurolli kuchlari qadr-qimmati va axloqiy me’yorlariga mutlaqo teskari hol bilan yuzlashib turibmiz. Qo’shma Shtatlar qadriyatlariga umuman zid bu”, - deydi Klinton.

Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya qo'mondonlari ham afsusda.

“G’anim yoki do’stmi, baribir, marhumni behurmat qilish - ahmoqlik. Koalitsiya standartlarini hurmat qilmagan odamlar bular”, - deydi general Adrian Bredxo.

Pentagonning bildirishicha, tasvir haqiqiy ekani shubhasiz. Videodagi ikki askarning shaxsi aniqlangan.

Mudofaa vaziri Leon Panetta bu voqeani tergov qilishni buyurdi. U telefonda Afg’oniston rahbari Hamid Karzay bilan gaplashgan. Javobgarlar qilmishi uchun javob beradi, deydi u.

Karzay videodan g’oyat tashvishda. Lekin Tolibon so’zlovchisi Zabihulla Mujohid nazarida bu voqea AQSh bilan tinchlik muzokaralariga jiddiy ta’sir qilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG