Afg'onlar Tolibon xurujlari haqida mobil telefon va internet orqali bilmoqda

  • Amerika Ovozi

Kobul yoshlari

Kobul yoshlari

Afg'onistonning Hilmand viloyatida jangarilar 12 konchini o'ldirgan. Poytaxt Kobulda esa bir kishi o'zini portlatgan, shunindek, otishma kuzatilgan. Uch tolib politsiya tomonidan qo'lga olingan.

Bugun jangarilar Oliy sud rasmiysi Atiqulla Ravufiyni uyi oldida otib ketgan. Tolibon uni o'ldirganini tan olib, mobil telefonda ma'lumot uzatgan.

Kobuldagi portlashda esa harbiy avtobus nishonga olingan. Tolibon bu ham uning ishi ekanini "Twitter" ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilgan.

Xalqaro koalitsiya Afg'onistonni tark etarkan, jangarilar poytaxt va uning atrofida xurujlarga zo'r bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG