Tolibon yana 17 kishini o'g'irlab ketdi

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston rasmiylarining aytishicha, Tolibon kecha (1-iyun kuni) shimolda kamida 17 kishini o'g'irlab ketgan.

Viloyat gubernatori so'zlovchisi Zabiulloh Amaniy bu shaxslar Balxab tumanidan bo'lib, Sari Pul viloyati markaziga ketayotgan bo'lgan, deydi.

Ayni paytda mahalliy oqsoqollar ularni ozod qilish uchun muzokara olib borayapti.

Bu so'nggi bir haftada Tolibonning ikkinchi marta odamlarni o'g'irlashi. Hafta boshida isyonchilar Qunduz viloyati yaqinida 200 ga yaqin yo'lovchini olib qochgan edi. Ularning ayrimlari qo'yib yuborilgan, kamida 17 tasi o'ldirilgan.

Bu orada, Kobulda yuzlab odam yig'ilib, Tolibon so'nggi paytlarda amalga oshirgan odam o'g'irlash va qotilliklarga qarshi namoyish o'tkazdi.

Aksiyani Afg'oniston Yashil partiyasi tashkil etgan. Ushbu harakatga razvedka idorasining sobiq rahbari Amrulloh Solih yetakchilik qiladi. Namoyishchilar toliblarga qarshi shiorlar ko'tarib chiqishdi.

Ular prezident saroyi yaqinidagi Pushtuniston maydoniga kelib, isyonchi guruhga qarshi bayonot o'qigan.

Bu orada, Afg'onistonning boshqa bir Parvan viloyatida to'rt kishi - ayol, erkak va ularning ikki haydovchisi o'ldirib ketilgan.

"Focus International" nodavlat tashkiloti xodimlari bo'lgan bu shaxslar Bag'lon viloyatidan Parvanga ketayotgan bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG