Razvedkachilar: terrorizm ko'lami texnologiya yordamida kengaymoqda

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" nasroniylarni qatl etmoqchi dam tasvirlangan video. Ijtimoiy tarmoqlardan 19-aprel 2015-yil olingan

"Islomiy davlat" nasroniylarni qatl etmoqchi dam tasvirlangan video. Ijtimoiy tarmoqlardan 19-aprel 2015-yil olingan

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroq va Suriyada “Islomiy davlat” to’dasiga qarshi kurashda ma’lum yutuqlarga erishgan bo’lsa-da, razvedka xodimlarining ogohlantirishicha, texnologiya terrorizm tahdidining kuchaytirish imkonini beryapti.

“So’nggi paytda terrorizm tahdidi kengaygan va chuqurlashgan. Geografik nuqtai nazardan ham. Uni oldindan bashorat qilish ham qiyinlashdi. Bunday muhitda terror xurujlarini tayyorlash tezroq yuz bermoqda va ogohlantirish imkonlari kamaymoqda”, - deydi Milliy aksil-terrorizm markazi rahbari Nik Rasmussen.

Davlat razvedka xizmati boshlig’i Jeyms Klepper:

“Islomiy davlat” pirovardida yengiladi, ammo yaqin kelajakda biz ekstremist tashkilotlarning ko’payishiga guvoh bo’lamiz, deb hisoblayman.”

Razvedkachilarning aytishicha, mahalliy terrorizm ortida mamlakatda yetishgan ekstremistlar yoki xorijiy terror tarmoqlari bilan aloqaga ega shaxslar turibdi.

“Farqi - ularning sonida, shuningdek, vatanda “yetishtirilgan” ekstremistlar nishoniga aylanayotgan mahalliy aholining ko’pligida, - deydi Rasmussen. – Bu esa razvedka xizmatlari va huquq-tartibot organlari ishini oshiryapti, maqsad - terrorchilarni terror xurujlari amalga oshirilmay turib qo’lga tushirish”.

Ma'lumot almashinuvi

Bu vaziyatda mamlakatlarning razvedka ma’lumotlarini bir-biri bilan o’rtoqlashishi katta ahamyat kasb etadi. Ammo bu oson ish emas.

“Yevropa aksil-terrorizm operatsiyalari ma’nosida qiyin qit’a”, - deydi “Leidos” global ilm va texnologiya kompaniyasidan Maykl Layter va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida chegaralar qo’riqlanmasligini aytadi.

Kelajak qanday bo'ladi?

Rasmussen fikricha, razvedka xizmatlari “Islomiy davlat” yengilganidan keyin qanday vazifalar oldinga chiqishi haqida o’ylashi kerak.

Arab yarimorolida al-Qoida, Somalida al-Shababni yo’q qilish ham murakkab vazifa, deydi razvedkachilar.

G’alaba nimadan iborat bo'ladi? Bu savolga aniq javob yo'q.

“Abu Bakr al-Bag’dodiy rahbarligidagi “Islomiy davlat” mag’lub bo’lgan kunni men aniq tasavvur qila olaman. Ammo u bilan birga jihod tahdidi yo’q bo’lmasligi aniq”, - deydi Jorj Vashington universiteti qoshidagi Kiber va ichki xavfsizlik markazi direktori Frank Sayluffo.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG