Texas maktabida vahima uyg'otgan o'quvchiga Oq uy eshigi ochiq

  • Amerika Ovozi

Ahmad Muhammad ixtirosi sabab uch kun darsga qo'yilmagan

Ahmad Muhammad ixtirosi sabab uch kun darsga qo'yilmagan

Texas shtatida 14 yoshli Ahmad Muhammad o'zi yasagan soatni maktabga olib kelganida hibsga olingan. Elektronikaga qiziqadigan bolaning ixtirosi o'qituvchisiga bombani eslatgan.

O'quvchiga biror jinoiy ayb qo'yilmagan, lekin uch kun darsga qo'yilmagan.

Voqea Irving shahrida yuz bergan. Hammasi soatning ovozi uyg'otgan xavotirdan boshlangan, deya yoritadi Dallas Morning News nomli mahalliy gazeta.

Muhammad maktab rahbariyati tomonidan so'roq qilingan, keyin esa politsiya kelib qo'lini kishanlagan.

Politsiyaning bildirishicha, soat xavfsiz edi lekin u sabab maktabda vahima ko'tarilgan. Portlovchi modda bo'lishi mumkin, deya o'qituvchi va o'quvchilar qo'rquvga tushgan.

Maktabdagi tartib shuki, deya qayd etadi rahbariyat, biror shubhali narsa sezilsa, darrov xabar berilishi shart.

Ahmad Muhammad sudanlik muhojirlar farzandi. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamada. Prezident Barak Obama va sobiq Davlat kotibasi, prezidentlikka nomzod Hillari Klinton o'quvchini quvvatlab chiqqan. Amerika uningdek kashfiyotchilar sabab buyuk, deydi Obama. Bolakay Oq uyga taklif etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG