Tailand armiyasi harbiy holat e’lon qildi

  • Amerika Ovozi

Bir necha oydan beri tinmayotgan g’alayonni tugatish uchun lozim shu, deya qarorini himoya qildi general Prayut Chan-Ocha.

Bir necha oydan beri tinmayotgan g’alayonni tugatish uchun lozim shu, deya qarorini himoya qildi general Prayut Chan-Ocha.

Tailandda armiya oxirgi 80 yilda 11 marotaba to’ntarish sodir etgan. Hozirda harbiylar bunday niyati yo’qligini ta’kidlayapti.

Siyosiy beqarorlik va to’polonlar girdobiga tortilgan Tailandda armiya harbiy holat e’lon qildi.

Bir necha oydan beri tinmayotgan g’alayonni tugatish uchun lozim shu, deya qarorini himoya qildi general Prayut Chan-Ocha.

Jamoatchilikni vahima qilmaslikka, kundalik ishi, hayotini davom ettirishga undaymiz, deydi u.

Tailandda armiya oxirgi 80 yilda 11 marotaba to’ntarish sodir etgan. Hozirda harbiylar bunday niyati yo’qligini ta’kidlayapti.

Adliya vaziri Chaykasem Nitisirining aytishicha, vaqtli hukumat hali ham davlat tepasida va qurolli kuchlarning qarori faqat tinchlikni ta’minlashga qaratilgan.

Mamlakatda noyabrda sobiq bosh vazir Yinlak Shinavatraga qarshi namoyishlar boshlanib, shu paytgacha kamida 30 odam halok bo’ldi.

Bosh vazir va uning hukumati esa mansabni suiiste’mol qilganlikda ayblanib ishdan olindi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG