Tailandda harbiy to’ntarish, konstitutsiya bekor qilindi

  • Amerika Ovozi

Tailandda hokimiyatni egallagan harbiylar konstitutsiyani bekor qildi. Vazirlar mahkamasi endi ular iznida.

General Prayut Chan-ocha to’ntarishni televideniye orqali e’lon qilar ekan, mamlakatda tartibni tiklash va siyosiy islohotlarni boshlash bosh maqsad ekanini ta’kidladi.

Har kuni kechqurun o’ndan ertalab beshgacha komendant soati joriy etiladi.

Tailandda siyosiy inqirozni hal etish uchun raqib partiyalar ikki kundan beri muzokara qiladi. Muxolifat hamda sobiq bosh vazir Taksin Shinavatra tarafdorlari murosa qila olmagach, ular harbiylar tomonidan olib ketilgani haqida xabarlar bor.

Ayni damda bir necha axborot vositalari efirga chiqmayapti. Ishlab turganlari esa keskinlikni oshiruvchi xabarlar tarqatmaslik haqida ogohlantirilgan.

Bu davlatda hukumatga qarshi namoyishlar olti oydan beri tinmayotgan edi. Yaqinda Tailand Oliy Sudi Bosh vazira Yingluk Shinavatra va bir necha vazirni o’z lavozimini suiiste’mol qilganlikda aybdor topib, ularni ishdan olish haqida hukm chiqargan.

Tailandda armiya so’nggi 80 yilda 11 marotaba hukumatni ag’dargan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG