Bangkok musulmon guruhlar bilan muloqotga tayyor

  • Amerika Ovozi

Tailand Bosh vaziri Yinglak Shinavatra (chapda) Malayziya Bosh vaziri Najib Razzoq bilan Kuala-Lumpurda uchrashmoqda, Malayziya, 28-fevral, 2013-yil

Tailand Bosh vaziri Yinglak Shinavatra (chapda) Malayziya Bosh vaziri Najib Razzoq bilan Kuala-Lumpurda uchrashmoqda, Malayziya, 28-fevral, 2013-yil

Tailand hukumati mamlakat janubida salkam 10 yildan beri davom etayotgan zo’ravonliklarga barham berish maqsadida yirik musulmon isyonchilar guruhi bilan muloqot qilishga rozi bo’ldi.

Tailand rasmiylari qo’shni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Milliy inqilobiy front deb nomlanuvchi guruh vakillari bilan muzokaralarni boshlashga qaratilgan bitim imzoladi. Ilk muloqot ikki haftadan so’ng boshlanadi.

Kuala-Lumpurda Malayziya bosh vaziri bilan uchrashgan Tailand rahbari Yinglak Shinavatra mojaro sababini aniqlash maqsadida barcha tomonlar bilan gaplashishga tayyormiz, degan.

Tailand janubida, asosan, musulmonlar yashaydi. Musulmon guruhlar kengroq muxtoriyat uchun kurashib keladi. Milliy inqilobiy front shunday guruhlarning eng yirigi bo’lib, Malayziyadan turib, harakatlanadi. Boshqa isyonchi guruhlar muloqotga rozimi, yo’qmi, hali ma’lum emas.

Malayziya Bosh vaziri Najib Razzoqning aytishicha, imzolangan bitim tinchlik jarayonining boshlanishidir.

"Umid qilamizki, hech bir tomon muloqotga qarshi chiqmaydi va janubda vaziyatni keskinlashtirmaydi. Aks holda tinchlik jarayoniga ziyon bo’ladi", - deydi Razzoq.

2004-yildan beri davom etayotgan zo’ravonliklarda shu kunga qadar 5000 odam o’lgan.

Musulmonlar markaziy hukumatni ularni kamsitayotganlikda ayblab keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG