Tailandda bosh vazirga qarshi g’alayon

  • Amerika Ovozi

Bosh vazira Yingluk Shinavatra partiyasi parlamentda aksariyat o’rinlarni egallagan va qonun loyihalarini osonlikcha ma’qullab keladi.

Bosh vazira Yingluk Shinavatra partiyasi parlamentda aksariyat o’rinlarni egallagan va qonun loyihalarini osonlikcha ma’qullab keladi.

Tailandda Bosh vazir Yingluk Shinavatra iste’fosini talab qilayotgan yuzlab namoyishchilar bugun poytaxt Bangkokda armiya qarorgohiga bostirib kirgan.

Odamlar armiyadan namoyishchilar safiga qo’shilishni talab qilayapti.

“Qonunni behurmat qilgan hukumatga toqat qilmaymiz”, - deydi muxolifat.

Oppozitsiya tanqidi shundan iboratki, Shinavatra o’zining inisi, sobiq bosh vazir Taksin Shinavatrani oqlovchi qonunlarni olg’a surib kelayapti.

Millioner Taksin Shinavatra 2006-yilgi namoyishlar natijasida davlat tepasidan ag’darilgan va korrupsiyada ayblangan. U suddan jon saqlab, hozir surgunda yashayapti. Taksin Shinavatra ayblovlarni siyosiy ig’vo deya rad etadi.

Amaldagi Bosh vazir Yingluk Shinavatra partiyasi parlamentda aksariyat o’rinlarni egallagan va qonun loyihalarini osonlikcha ma’qullab keladi.

U Tailand barqarorligi yo’lida namoyishchilarni tinchlanishga da’vat etmoqda. Armiya mojaroda betaraf qolayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG