Tailand sudi uyg'ur qochoqlarining hibsda qolishi haqida hukm chiqardi

  • Amerika Ovozi

Tailanddagi muhojirlar markazida saqlanayotgan uyg'ur qochoqlari

Tailanddagi muhojirlar markazida saqlanayotgan uyg'ur qochoqlari

Tailand sudi 27-mart kuni 17 kishilik uyg'ur oilasini, qaysi davlat fuqarolari ekani aniq bo'lguncha, hibsda qolishi haqida qaror chiqardi.

Oilaning advokati Vorasit Piriyavibunga ko'ra, ularning Turkiyada qarindoshlari va uylari bor bo'lib, qaysi davlatdan ekani haqida savol bo'lishi ham mumkin emas.

Uning aytishicha, Turkiya ichki ishlar vazirligi fuqaroliklarini tasdiqlash uchun ularga hatto pasport ham bergan.

Pekin da'vosiga ko'ra, qochoqlar Xitoyning Shinjon-uyg'ur muxtoriyatidan bo'lib, Xitoyga qaytarilishi kerak.

Bir yil oldin Teklimankan oilasining 15 a'zosi Kambodjadan Tailandda noqonuniy o'tayotganda qo'lga olingan. Shundan beri oilada ikki chaqaloq tug'ilgan.

Advokatning aytishicha, oila muhojirlar markazida turishlari, oziq-ovqat, suv va tibbiy xizmat uchun o'z hisoblaridan to'lashi kerak.

"Human Rights Watch" tashkilotining Osiyo bo'yicha eksperti Fil Robertson Tailand sudining muhojirlarni Turkiyaga topshirmaslik qarorini "juda tashvishlanarli" deb atadi.

"Hozir 300 dan ortiq shunday odam bor. Ularning barchasi Turkiyaga borishni, Turkiya fuqarolari ekanini aytadi. Turkiya hukumati ham ularning ishini ko'rib chiqqan va ularning fuqaroligini tasdiqlagan", - deydi u.

Pekin bosimi ostida Kambodja, Malayziya, Pokiston va Tailand kabi davlatlar ilgari ham ko'plab uyg'ur qochoqlarini Xitoyga qaytargan.

Shinjonda taxminan 10 million uyg'ur yashaydi. Bu turkiy xalq Xitoy markaziy hukumatini uning diniy va madaniy qadriyatlarini oyoqosti qilayotganlikda ayblaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG