Breaking News

Ebolaga qarshi kurashganlar - 2014-yil qahramonlari


2014-yil qahramonlari
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00

“Taym” jurnali 2014-yilda “Yil insoni” deb ebola virusiga qarshi kurashgan odamlarni e’tirof etdi. G’arbiy Afrikada virusga chalinganlarga shifokor, hamshira, gumanitar tashkilot vakillari va boshqalar yordam bergan. Jurnal muqovasida shu kasb egalariga taalluqli besh kishi tasvirlangan. “Yil insoni” unvoniga o’z vaqtida turli siyosiy va diniy arboblar sazovor bo’lgan.

Jurnal muqovasidagi odamlarni tanimaysiz. “Taym” muharrirlarining aytishicha, ular oddiy insonlar. Biroq bu odamlar fidoiylik ko’rsatib, ebola virusining G’arbiy Afrikada va undan nari butun dunyoda tarqalishiga to’siq qo’ydi.

"Davlat rasmiylari va amaldorlar e’tibor bermagan bir paytda eng boshidan ebolani jiddiy tahdid deb jar solgan odamlarga diqqat qaratgimiz keldi. Bu nafaqat jamoalar, balki butun dunyoga tahdid bo’lib, unga qarshi kurash uchun qo’ldan kelgancha harakat qilamiz", - deydi jurnal muharriri Radika Jouns.

G’arbiy Afrikada tarqalgan kasallikdan shu kungacha 6300 dan ziyod odam o’lgan, aksariyati Liberiya, Gvineya va Syerra-Leoneda. 18 ming odam virusni yuqtirgan, ammo rasmiylar kasallanganlar bundan-da ko’p demoqda.

“Yil insoni”ga bag’ishlangan reportajlarda “Taym” sahifalarida ebolaga qarshi kurashgan besh odam haqida hikoya qilinadi.

Liberiyalik jarroh Jerri Braun muqovaga tushgan odamlardan biri.

"Virus haqida xabarlar tarqala boshlagach, eng boshidan bu odam ebola mamlakatini yoppasiga qirib tashlashi mumkinligi haqida xavotirga tushdi", - deydi Radika Jouns.

Muqovadagi besh insondan yana biri amerikalik shifokor Kent Brentli. Gumanitar tashkilotda ishlovchi bu odam Monroviyada bemorlarga yordam berayotib o’zi virusga chalindi va Amerikada davolanib, sog’ayib ketdi.

Epidemiya tarqalgan joylarda insonlar hayotini saqlab qolish uchun kurashayotgan gumanitar xizmatchilar jurnal ularning ishiga bergan bahodan minnatdor.

"Ebolaga diqqat qarata olishganidan xursandman, axir bu insonlar virus bilan hali ham olishmoqda. Ebola yengilgani yo’q hozircha. Har kuni insonlar nobud bo’lmoqda. “Taym” jurnali bunga e’tibor qaratgani yaxshi, ebolaga qarshi kurashayotgan insonlar qahramonlardir", - deydi "Samaritan's Purse" gumanitar tashkiloti rahbari Frenklin Grexem.

Jurnal muqovasidagi qolgan uch odam “Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotidan amerikalik Ella Uotson-Strayker, liberiyalik tez yordam xizmatchisi Foday Galla va uning vatandoshi hamshira yordamchisi Salome Karva.

“Taym” muharriri Nensi Gibbs jurnalning Yangi yilgi sonida quyidagi maqolani qo’lladi: “Jangda tilla qilich emas, qahramonning yuragi g’alaba qozonadi”.

Bu yilgi “Yil insoni” unvoniga Amerikaning Ferguson shahrida politsiya zo’ravonligiga qarshi namoyish qilgan omma, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Iroq Kurdistoni Prezidenti Jalol Talaboniy va boshqalar ham da’vogarlik qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG