"Time" jurnali namoyishchi obrazini "Yil insoni" deya e'tirof etdi

  • Amerika Ovozi

"Time" jurnalining 2011-yil insoni yoki shaxsi deb namoyishchi qiyofasi tanlandi

"Time" jurnalining 2011-yil insoni yoki shaxsi deb namoyishchi qiyofasi tanlandi

AQShning "Time" (Taym) jurnali Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan g'alayonlarni yilning eng jiddiy voqeasi deb bilib, "Yil insoni" unvonini namoyishchilarga berdi.

Tunisda boshlangan norozilik chiqishlari Misr, Yaman va Liviyaga tarqaldi. Bu mamlakatlarda ko'p yillik rahbarlar o'zgardi. AQSh va G'arbiy Yevropa ham namoyishlardan xoli bo'lmadi. Odamlar iqtisodiy tanazzul va ijtimoiy tengsizlikka qarshi munosabat bildirdi.

"Time" jurnali nazarida bu o'zgarishlar ortida eskicha yashashni ortiq istamayotgan yoshlar turibdi. Aksariyat hollarda namoyishlar siyosiy partiyalardan mustaqil ravishda boshlangan, deydi jurnal muharririyati.

"Time" har yili joriy etadigan "Yil insoni" unvoniga bu yili xitoylik dissident Ay Veyvey, Britaniya shahzodasi Uilyamga turmushga chiqqan Keyt Middlton, amerikalik kongressmen Pol Rayan hamda Pokistonda Osama bin Ladenga qarshi operatsiyaga bosh bo'lgan admiral Uilyam Makreyven nomzod edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG