Xitoyda To'xtining talabalari qamoqqa mahkum etildi

  • Amerika Ovozi

Ilhom To'xti, Pekin, 2009

Ilhom To'xti, Pekin, 2009

Xitoy sudi bo'lginchilikda ayblanib qamalgan uyg'ur professori Ilhom To'xtining talabalariga uch yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi belgilagan. To'xtining advokatiga ko'ra, kecha Urumchidagi yopiq sud jarayonida yetti nafar talaba bo'lginchilik faoliyatida ishtirok etganlikda aybdor topilgan.

Xitoy rasmiylari bu borada izoh bermagan. Talabalardan olti nafari uyg'ur. To'xti sentabrda separatizmda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.

45 yashar iqtisodiyot professori ko'pdan beri uyg'urlar huquqlarini himoya qilib kelgan va hukumatning bu millatga qarshi zug'umini qoralab kelgan. Biroq shu bilan birga To'xti hech qachon Sharqiy Turkistonning Xitoydan ajralishiga da'vat etmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG