Ukrainaning yangi ipak yo'li ishga tushdi


Ushbu loyiha tashabbuschisi Gruziyaning sobiq rahbari, hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilli. Kaspiy dengizi orqali Ukraina, Markaziy Osiyo va Xitoyni bog'lovchi bu yo'lak zamonaviy Ipak yo'li sifatida baholanmoqda.

Ushbu loyiha tashabbuschisi Gruziyaning sobiq rahbari, hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilli. Kaspiy dengizi orqali Ukraina, Markaziy Osiyo va Xitoyni bog'lovchi bu yo'lak zamonaviy Ipak yo'li sifatida baholanmoqda.

Moskva bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalar tarang qolayotgani bois Ukraina Rossiyani aylanib o'tib, Markaziy Osiyo va Xitoyga chiquvchi yangi tranzit yo'nalishini ishga tushirdi.

Ushbu loyiha tashabbuschisi Gruziyaning sobiq rahbari, hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilli. Kaspiy dengizi orqali Ukraina, Markaziy Osiyo va Xitoyni bog'lovchi bu yo'lak zamonaviy Ipak yo'li sifatida baholanmoqda. Lekin sharhlovchilar fikriga ko'ra, loyiha istiqboli haqida gapirishga hali erta.

Loyiha Rossiya o'z hududini Ukraina mollari uchun yopishi ortidan Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Xitoy rasmiylari tomonidan ishga tushirildi.

Tashabbusning boshida turgan Saakashvili bu yo'nalishni gesiyosiy maydonda o'zgarishlar qilishga qodir Ipak yo'li sifatida tanishtirdi.

Chora Xitoy va Markaziy Osiyoni Rossiya ishtirokisiz ham Yevropa bozorlari bilan bog'lash mumkinligini isbotlashga qaratilgan.

Bu maqsadda birinchi yuk vagonlari Ukraina janubi, Odessa viloyatidan Kavkaz davlatlari orqali Markaziy Osiyodan o'tib, Xitoyga yo'l olgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog'iston bu loyiha ishtirokchisi, O'zbekiston tomonining qiziqish bildirayotgani kuzatilmaydi.

Qozog'istonlik jurnalist Aydos Sodiqov bu loyihani o'rgangan. Yangi ipak yo'li avvalo iqtisodiy emas, geopolitik maqsadlarni ko'zlaydi, deb hisoblaydi u.

“Nega bu loyihani yangi Ipak yo'li deb nomlashdi? Birinchidan, bu qadimiy nom, hamma uchun tushunarli. Ikkinchidan, Osiyodan Yevropaga chiquvchi har qanday yo'lga Ipak yo'li sifatida qarash udumga kirgan. Aslida esa Saakashvili olg'a surayotgan bu loyiha Rossiya kiritgan sanksiyalarga, uning monopoliyasiga chek qo'yishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu loyiha qo'shilgan davlatlar Rossiyasiz ham savdo aloqalarini rivojlantirish mumkinligini ko'rsatishmoqchi. Bu haqiqatan, irodali qaror. Ammo biz loyiha bilan yaqindan shug'ullanib ko'rdik, hisob kitoblarga ko'ra, yuk yetkazish ikki barobar qimmatga tushmoqda. Bu yo'nalish istiqboli uchun aniq imtiyozlar ishlab chiqilishi kerak”, - deydi Sodiqov.

Aydos Sodiqovning aytishicha, Qozog'istonning Rossiya bilan yaqin hamkorlikka qaramasdan bu loyihaga bosh qo'shishi, ehtimoliy oqibatlardan o'zini saqlash, mamlakat iqtisodini butunlay Rossiya kayfiyatiga bog'lab qo'ymaslik uchun qilinmoqda. O'zbekiston, Turkmaniston kabi davlatlarga esa bu siyosiy kurash ahamiyatsiz.

“Agar O'zbekiston yoki Turkmanistonni nazarga olsak, bu davlatlar Rossiya va Ukraina mojarosi doirasidagi siyosiy va iqtisodiy kurashlardan ham, global iqtisodiy loyihalardan ham chetda, o'z tizimiga bog'lanib qolgan. Ular uchun Saakashvili nima qilyapti, Ukraina hukumati nima qilmoqchi, ahamiyatsiz. Qozog'iston masalasiga kelsak, bu Nazarboyev uchun bilvosita dastak. Albatta, u oshkora Rossiyaga qarshi hech narsa deyolmaydi, ammo “qarang, biz Rossiya ishtirokisiz ham nimalardir qilishga qodirmiz” degan ma'noda ishora berishi mumkin. Nazarboyevda shunday siyosat bor, chunki Qozog'iston Rossiyaning qandaydir guberniyasiga aylanib qolayapti, degan qarashlar kuchli”, - deydi Sodiqov.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan oyning o'rtalarida Kavkaz yo'nalishi bo'yicha Ukrainadan jo'natilgan vagonlar Qozog'istonga yetib borgan.

Hisob-kitoblar esa yo'l xarajatlari ham, muddat ham Rossiya orqali o'tgan an'anaviy yo'nalishdan ancha oshganini ko'rsatgan. Qozog'istondan Xitoygacha bo'lgan tranzit esa bu xarajatlarni yana oshirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG