Hokimiyat tinch yo'l bilan yangi rahbarga topshiriladi

  • Amerika Ovozi

Saylovlar tugab, endi navbat hokimiyatni tinch yo'l bilan yangi rahbar qo'liga topshirishga. Amerika demokratiyasining muhim tamoyillaridan biridir bu.

Bahs nihoyasiga yetdi. Biroq mamlakat tarqoq va odamlar Oq uy ro'parasida noroziligini to'kib solmoqda.

Keskin, janjalkash kampaniyasi ketidan Tramp mamlakatni birdamlikka da'vat qilmoqda.

"Xillari Klintonning xizmatlari uchun toabad minnatdormiz. Bugun xalqni bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga dav'at etaman", - dedi Tramp.

Xillari Klinton ham partiyalar orasidagi ziddiyatni tugatish uchun Tramp bilan hamkorlikka tayyor ekanini aytmoqda.

"Konstitutsion demokratiyamiz hokimiyat tinch yo'l bilan o'zgarishini taqozo etadi. Bunga amal qilishimiz, ardoqlashimiz kerak", - dedi u.

Endi Obama ma'muriyati Trampning jamoasi bilan yangi hukumatni shakllantirish ustida ishlaydi. Obama ham jarayon tinch-tartibli o'tishi uchun yordamini ayamoqchi emas.

"Donald Tramp mamlakatni birlashtirib, yurtni muvaffaqiyatli boshqara olishidan manfaatdormiz", - dedi Obama.

Trampning qasamyod marosimi 20-yanvarda o'tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG