Poraxo’r davlatlar... O'zbekiston ulardan biri

  • Amerika Ovozi

Poraxo’r davlatlar... O'zbekiston ulardan biri

Poraxo’r davlatlar... O'zbekiston ulardan biri

Berlinda asoslangan "Transparency International" tashkiloti korrupsiya ko’lamiga doir yangi ro’yxatni chop etdi.

Poraxo’rlik va yulg'ichlik darajasi eng past davlatlar, ya'ni boshqalarga qaraganda ancha "toza" davlatlar – Daniya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Finlyandiya.

Bu illat eng chuqur ildiz otgan jamiyatlar safida esa Afg’oniston, Birma, Shimoliy Koreya, Somali, Iroq, Sudan, Turkmaniston va O’zbekiston turibdi.

Ro’yxatdan bilish mumkinki, Qo’shma Shtatlar, Fransiya va Britaniya kabi mamlakatlar korrupsiyadan to’liq xalos bo’lmagan.

183 davlatni o’z ichiga olgan jadvalga ko'ra, Rossiya va Belarus ham poraxo’rlik bobida yetakchi o'rinda.

“Bu illat kambag’al va ziddiyatga to’lgan o’lkalarda barq uradi. Biroq undan qutulish mumkin”, - deya bildiradi "Transparency International".

Tashkilot turli jabhalardagi vaziyatni o'rgangan holda mamlakatlarni 10 ballik shkalada baholaydi. 0 - eng toza, 10 esa korrupsiya darajasi eng yuqori. O’zbekistonga 1,6 bal berilgan. Asosiy e'tibor - iqtisodiy muhit, davlat organlari faoliyati, qonunga hurmat va omma fikrida.

“Shu paygacha hech bir yurt 10 ga yeta olgani yo’q”, - deya qayd etadi "Transparency International".

Tashkilot bu muammoni oshkor etib, fuqarolar uchun minbar rolini o’taydi va hukumatlarga yo’l-yo’riq ko’rsatadi.

Hisobotni ingliz tilida tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG