O'zbekiston korrupsiya eng keng tarqalgan jamiyatlar qatorida

  • Amerika Ovozi

178 mamlakatdagi ahvol o'rganilgan bo'lsa, O'zbekiston Turkmaniston bilan yonma-yon 172-o'rinda turibdi. Afg'oniston esa 176- o'rinda.

178 mamlakatdagi ahvol o'rganilgan bo'lsa, O'zbekiston Turkmaniston bilan yonma-yon 172-o'rinda turibdi. Afg'oniston esa 176- o'rinda.

Jahonda korrupsiya darajasini o’rganuvchi tashkilotga ko’ra, Somali, Afg’oniston, Birma va Iroq bu illat eng chuqur ildiz otgan mamlakatlardir.

Berlinda asoslangan "Transparency International" tuzgan maxsus jadvaldan 178 mamlakat joy olgan. Singapur, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Norvegiya va Kanada korrupsiya eng kam tarqalgan jamiyatlar deb topilgan.

O'zbekiston korrupsiya eng keng tarqalgan jamiyatlar qatorida

O'zbekiston korrupsiya eng keng tarqalgan jamiyatlar qatorida

Markaziy Osiyoda pora va yulg'ichlik cheki yo'q muammolar ekani qayd etiladi. O’zbekiston va Turkmaniston 172, Qirg’iziston 164, Tojikiston 154 va Qozog’iston esa 105 o’rinlarni egallaydi.

"Transparency International" korrupsiya ko'lamini turli omillarga qarab belgilaydi, jumladan mutaxassis xulosalari, o’sha mamlakatlarda biznes qiluvchi tadbirkorlar va ommaviy so'rovlar.

Amerika 22-o'rinda va Chilidek rivojlanayotgan mamlakatdan ham orqada. Rossiya o'tgan yili 146-o'rinda edi, bu yili 154 ga tushgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG