O'zbekistonda rossiyalik jurnalist aybdor deb topilib, amnistiyaga tushdi

  • Amerika Ovozi

Vladimir Berezovskiy, rossiyalik jurnalist

Vladimir Berezovskiy, rossiyalik jurnalist

Vladimir Berezovskiy Rossiya Dumasi nashri - "Parlament gazetasi"ning O'zbekistondagi muxbiri hamda Vesti.uz Internet sahifasi muharriri bo'lib ishlagan.

O'zbekistonda tuhmat va haqoratda ayblanib sud qilingan rossiyalik jurnalist Vladimir Berezovskiyga kecha hukm chiqarildi. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani jinoiy ishlar bo'yicha sudi muxbirni aybdor deb topgan, ammo Mustaqillik kuni bilan e'lon qilingan amnistiya munosabati bilan shu zahoti ozod etilgan.

Jurnalist aybini inkor etmoqda va sud qarorini appelyatsiya qilmoqchi.

Berezovskiy Rossiya Dumasi nashri - "Parlament gazetasi"ning O'zbekistondagi muxbiri hamda Vesti.uz Internet sahifasi muharriri bo'lib ishlagan.

Ayni damda Toshkentda yana bir mustaqil jurnalist, Amerika Ovozining O'zbekistondagi muxbiri Abdumalik Bobayev ham sud qilinmoqda. Juma kuni hukm eshittirilishi kutilmoqda.

Berezovskiyning sudda hukm qo'lishidan oldingi chiqishini rus tilida mana bu yerda o'qish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG