Breaking News

Amerika yana bir dovul bilan yuzlashmoqda, bu safar "Li"


Meksika ko'rfazi ustidagi manzara
Meksika ko'rfazi ustidagi manzara

O’tgan hafta zilzila va to’fonni boshdan kechirgan Amerika endi tropik dovul bilan yuzlashmoqda. Mamlakatning janubiy shtatlari tahdid ostida. Dovul Meksika Ko’rfazidan kelmoqda.

2005 yilda Yangi Orlean "Katrina" to'foni ostida qolib, mislsiz zarar ko'rgan edi, bugun erta "Li" bilan olishadi
2005 yilda Yangi Orlean "Katrina" to'foni ostida qolib, mislsiz zarar ko'rgan edi, bugun erta "Li" bilan olishadi

Luiziana, Mississippi va Alabama shtatlarida favqulodda holat e’lon qilingan.

Texasda ham aholi evakuatsiya haqida ogohlantirilgan.

To’fonlar mavsumi hukmron ekan, bu yilning o’zida Atlantika okeanidan 12 marta kuchli dovul kelgan.

O’tgan haftadagisi “Ayrin” bo’lsa, navbatdagi tropik ofat “Li” deb ataladi.

AQSh To’fonlarni nazorat qilish markazi har bir dovul yoki to’fonga maxsus ro’yxatga binoan, ingliz alvafitiga qarab tanlangan ismlar beradi.

Nyu-York shtati
Nyu-York shtati

“Ayrin” Amerika sharqi, Kanada va Karib orollarida 45 kishini hayotdan olib ketdi. AQShning ko’plab shtatlarini vayron qildi. Suv toshqinlari hamon davom etmoqda. Milliardlab dollar zarar yetgan.

Ayni damda Atlantikada yana bir to’fon yurgani ma’lum, “Katia” deb ataladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG