Trampni o'ldirishni rejalagan shaxs hibsda

  • Amerika Ovozi

19 yoshli Maykl Stiven Sandford o'tgan hafta Trampning Las-Vegasdagi anjumaniga borgan. O'sha atrofdagi politsiyachini gapga solib, Trampdan avtograf olish niyati borligini aytgan va to'satdan ofitserning to'pponchasini tortib olishga uringan.

19 yoshli Maykl Stiven Sandford o'tgan hafta Trampning Las-Vegasdagi anjumaniga borgan. O'sha atrofdagi politsiyachini gapga solib, Trampdan avtograf olish niyati borligini aytgan va to'satdan ofitserning to'pponchasini tortib olishga uringan.

Las-Vegasda shanba kuni hibsga olingan britaniyalik yosh yigit prezidentlikka respublikachi da'vogarni otib o'ldirmoqchi bo'lgan.

Dushanba kuni sudga yo'llangan hujjatga ko'ra, 19 yoshli Maykl Stiven Sandford o'tgan hafta Trampning La-Vegasdagi anjumaniga borgan.

O'sha atrofdagi politsiyachini gapga solib, Trampdan avtograf olish niyati borligini aytgan va to'satdan ofitserning to'pponchasini tortib olishga uringan.

"Sanford chamasi bir yildirki Trampni o'ldirishni rejalab yurganini tan olgan", - deyiladi sud hujjatlarida. Uni bu ishga nima majbur qilgani hali ma'lum emas.

Sandford avval qo'liga qurol olmagan. Shanba kungi marosimdan bir necha kun oldin quroldan o'q otishni mashq qilgan.

Hibsdan qo'yib yuborilsa, respublikachi tadbirkorni o'ldirishga harakat qilishda davom etaman, degan u. U o'z hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham, o'zi nobud bo'lsa ham, bu ishni oxiriga yetkazishga tayyor ekanini aytgan.

Sandfordning sudi 5-iyulga belgilangan.

U Amerikada noqonuniy ravishda yashab yurgan, vizasining muddati o'tib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG