“Nyu-York Tayms” gazetasiga ko’ra, Tramp Federal qidiruv byurosining o’tgan hafta ishdan olingan direktori Jeyms Komidan sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Maykl Flinn bo’yicha tergovni to’xtatishni so’ragan.

FBR Flinnning Rossiya elchisi bilan aloqalarini tergov qilayotgan edi. Kongress Vakillar palatasining Nazorat qo’mitasi raisi, respublikachi qonunchi Jeyson Chafets FBRdan Komining shu mavzuga doir Tramp bilan barcha yozishmalarini 24-maygacha qo’mitaga topshirishni talab qildi.

Flinn fevral oyida lavozimidan ketishga majbur bo’lgan edi. Ba’zilar Rossiyani AQShdagi prezident saylovlariga aralashganlikda hamda Tramp saylov shtabini Rossiya rasmiylari bilan aloqada bo’lganlikda ayblab, Tramp saylovda halol yutmaganini da’vo qilgan.

FBR masalani o’rganish uchun tergov olib borayotgan edi, biroq o’tgan hafta Tramp Komini ishdan oldi. Ayrim qonunchilar tergovni oxirigacha olib borish uchun maxsus prokuror yoki mustaqil komissiya tayinlashni talab qilmoqda.

Huquqshunoslarning bir qismi Tramp Komidan tergovni to’xtatishni so’rab, adliya ishiga halaqit bermoqchi bo’lgan, demoqda. Bunday jinoyat uchun prezident Kongress tomonidan impichment qilinishi mumkin.

Biroq Oq uy bu da’volarni inkor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG