Prezident Tramp Barak Obama paytidagi ekologik talablarni bekor qildi

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp Oq uyda Yoqilg'i mustaqilligi farmonini imzolamoqda

Prezident Donald Tramp sobiq rahbar Barak Obama paytida joriy etilgan ekologik qoidalarni bekor qiluvchi farmon imzoladi. Tramp Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan o’tmishdagi barcha qoidalarni qayta ko’rib chiqishni so’ragan.

Davlat rahbari sobiq prezidentning iqlim o’zgarishiga doir siyosatini bir necha bor tanqidga olgan. Unga ko’ra, Obama joriy etgan taqiqlar natijasida minglab odamlar, jumladan konchilar ishidan ayrilgan.

Yer yuzini 2015- va 2016-yillarda quyosh energiyasi hisobiga aylanib chiqqan samolyot piloti Bertran Pikkarning aytishicha, sayyoramiz g’amxo’rlikka muhtoj.

“Toza energiyaga o’tish bugun daromad keltira boshladi. Buning ketidan ish o’rinlari yaratilmoqda, taraqqiyot ta’minlanmoqda, atrof-muhit himoya qilinmoqda. Agar Amerikani yana buyuk qilmoqchi bo’lsangiz, toza

Nobel mukofoti sovrindori, gollandiyalik olim Pol Krutsen Trampning bu qarorini tanqid qildi. Unga ko’ra, iqlim o’zgarishiga qarshi shu kungacha erishilgan barcha yutuqlar chippakka chiqadi.

Oq uy rasmiylariga ko’ra, prezident bir o’q bilan ikki quyonni o’ldirmoqchi, ya’ni AQShda energiya ishlab chiqarish bilan bir qatorda ekologiyani ham asramoqchi.

Xabarlarga ko’ra, Tramp federal boshqarmalar va vazirliklarga kelasi olti oy ichida Amerikada yoqilg’i ishlab chiqarish yo’lidagi barcha to’siqlarni aniqlab bayon qilishni buyurgan.

Trampning 2018-yilga mo’ljallangan byudjetida Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 31 foizga kamroq pul ajratilgan, iqlim o’zgarishi tadqiqoti uchun esa pul umuman yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG