Tramp immigratsiya bo'yicha qarashlarini o'zgartirmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezidentlik uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp

Prezidentlik uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp

Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp immigratsiya bo'yicha qarashlarini o'zgartirmoqda. U hozir avvalgidek 11 million noqonuniy muhojirni yoppasiga deportatsiya qilish fikrida emas; ayni paytda ularga fuqarolik berilishiga ham qarshi.

"Hech qanaqa fuqarolik bo'lmaydi. Shuni ham aytib qo'yay: ular soliqlarni to'lashi kerak. Ularni kechirmaymiz, lekin ular bilan ishlaymiz", - dedi Tramp "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp shu kungacha barcha hujjatsiz immigrantlarni mamlakatdan quvishini aytib kelayotgan edi. Endi esa u faqat jinoyat bilan qo'lga tushganlarni zudlik bilan deporatsiya qilmoqchi. Boshqalaring ishi esa sud qarori bilan ko'rib chiqiladi. Mazkur yondashuv ayni paytda amalda bo'lgan AQSh immigratsiya siyosatiga mos keladi.

Tramp va uning demokrat raqibi Hillari Klinton ozchilik etnik guruh vakillarini o'ziga og'dirish bo'yicha keskin raqobatga kirishgan. So'rovlarga ko'ra, qora tanlilar, ispanzabonlar va osiyoliklar orasida Klinton tarafdorlari ko'proq. Tramp bu boradagi raqamlarni o'zgartirishga urinmoqda.

Missisipidagi saylov kompaniyasida Tramp Klintonni ozchilik guruhlarni faqat ovoz yutish imkoni sifatida ko'radigan kaltabin deb atadi.

Klinton esa Trampni nafratga asoslangan kampaniyasini davom ettirayotganlikda aybladi. Trampning qarashlari Amerikani bo'lishga va amerikaliklarni bir-biriga qarshi qo'yishga xizmat qiladi, dedi u.

Pyu tadqiqot markazi o'tkazgan yangi so'rovga ko'ra, amerikaliklar immigratsiya masalasida bo'lingan, lekin aksariyati chegaralarni mustahkamlash bilan birga fuqarolik sari yo'l ham ochilishi kerak, degan fikrni yoqlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG