Tramp: Hujjatsiz muhojirlarni haydaymiz

  • Amerika Ovozi

Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp

Respublikachilardan prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp

Amerikada prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramp hujjati yo'q immigrantlarni haydash ahdida qat'iy ekanini aytayapti. Oxirgi kunlarda u mazkur masalada keskin yondashuvini o'zgartiradi degan taxminlar yurgan edi. Biroq Tramp bu gumonlarga barham berdi.

Milliarder biznesmen chorshanba kuni Arizonada qilgan chiqishida saylovoldi maqsadlarini sanab berdi. U, xususan, Meksika bilan chegarada 3200 kilometrlik devor ko'tarmoqchi.

"Meksika bu devor uchun o'zi pul to'laydi. Yuz foiz pul to'laydi", - dedi Tramp. "Prezidentlikka kirishgan birinchi kunimdayoq mustahkam, o'tib bo'lmas, hashamatli bir devor qurishga kirishamiz", - deydi respublikachi nomzod.

Tramp, shuningdek, Amerikadagi barcha hujjatsiz immigrantlarni haydash uchun mas'ul maxsus qo'shin yaratmoqchi.

"Bu maxsus kuchlar jinoyatchi, gansterlar, vizasini buzganlarni mamlakatdan haydash bilan shug'ullanadi. Korrupsiyaga botgan amaldagi hukumat ko'zi ostida bugun Amerikaga kelayotgan hamma noqonuniy muhojirlarni yurtiga ravona qilamiz", - deydi tadbirkor.

Tramp kecha Meksikaga borib Prezident Enrike Pena Nietobilan ko'rishdi va kechagidan farqli vazmin-bosiq chiqish qildi.

Sobiq davlat kotibi, prezidentlikka demokrat nomzod Xillari Klinton Trampning Meksikaga shoshilinch safarini tanqid qildi.

"Davlat rahbari bo'lish uchun odam subutli, va'dasiga sodiq bo'lishi lozim", - deydi Klinton. "Bir kun bir gapni, ikkinchi kun mutlaqo teskari gapni aytish yaramaydi. Bir necha soatga qo'shni davlatga safar qilib, avval aytgan haqoratli bayonotlarini yuvib ketmoqchi bo'lsa, bu odam adashadi", - deydi nomzod.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG