Tramp davrida ittifoqchilar bilan aloqa qanday bo'ladi?

  • Amerika Ovozi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey

Germaniya kansleri Angela Merkel va Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey

Donald Tramp prezidentlikka kirishganida NATO tashkilotiga a’zo davlatlarning ayol rahbarlari bilan yaqindan ishlashiga to’g’ri keladi.

Uning xotin-qizlarga behurmat munosabati saylov kampaniyasi davomida ko’p munozaralarga sabab bo’lgan edi. AQShning bo’lajak rahbari eng qalin ittifoqchilarni himoya qilishda davom etishi ham savol ostida.

“Nyu-York Tayms” nashri bilan intervyuda Donald Tramp NATOga a’zo ittifoqchilarimizga shart qo’yamiz, ular tashkilot xarajatlariga kattaroq hissa qo’shishi kerak, deb aytgan edi.

“Trampning dunyoqarashi, harbiy alyans to’g’risidagi bayonotlari xavfli. U azaliy ittifoqchilik rishtalarini savolga tutmoqda. Bu ko’plab davlatlarni, xususan, sharqiy Yevropadagi hukumatlarni xavotirga solmoqda”, - deydi tahlilchi Kristin Cheng.

U kabi tahlilchilar fikricha, AQSh bo’lajak rahbarining nafaqat NATOga oid qarashlari uni ittifoqchilardan uzoqlashtiradi. Trampning xotin-qizlar sha’niga aytgan haqoratomuz so’zlari ham Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvlarda uni noqulay ahvolga solishi mumkin.

“Mey va Merkel xonimlar, albatta, professional siyosatchilar, do’stona muomala qilishadi. Lekin ayol kishi baribir Trampning so’zlariga qo’l siltashini, ko’z yumib ketaverishini tasavvur qilish qiyin”, - deydi Cheng.

Yuqorida tilga olingan rahbarlar va Tramp kelishib ishlay olishi kerak.

“O’ylaymanki, Merkel xonim Trampning saylanishini AQShga xos bir fenomen deb qabul qiladi. Amerikadek boy, madaniy jihatdan xilma-xil mamlakatdan turfa xil g’oyalar va odamlar chiqishi tabiiy”, - deydi yana bir tahlilchi Meri Evans.

AQSh-NATO aloqalari qanchalik o’zgarishini esa yaqin oylarda bilib olamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG