Breaking News

Tramp: NATO a'zolarini himoya qilish shartlarini o'zgartiramiz


Tramp: NATO samarasiz tashkilot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:45 0:00

AQSh hujumga uchragan NATO a’zolarini shak-shubhasiz himoya qilishi kerakmi? Prezidentlik uchun respublikachilar nomzodi Donald Trampning buni savol ostiga olayotgani Vashingtonni xavotirga solmoqda. Tashqi siyosat bo’yicha mutaxassislarning aytishicha, bu holat Yevropani zaiflashtirib, AQSh ta’sirini ham kamaytiradi.

Donald Trampning “Nyu-York Tayms” gazetasiga aytishicha, agar saylansa, u hujumga uchragan NATO a’zolarini AQSh qanday holatlarda himoya qilish bo’yicha shartlar qo’yadi. Barchaning NATO xarajatlari uchun birdek hissa qo’shishi ana shunday shartlardan biri bo’ladi, deydi u.

AQSh prezidenti kim bo’lsa ham, u NATO a’zoligi shartlari oq va qora o’rtasidagi farqdek aniq va ravshanligini bilishi kerak, deydi tahlilchi Lyuk Koffi.

“Yo NATOdasiz yoki yo’q. NATOda bo’lsangiz, xavfsizligingiz avtomatik kafolatlanadi. Alyans shunday ishlaydi. Sovuq urush davrida tashkil etilgandan beri shunday ishlab kelgan. Bu qarashdan og’ish ittifoq uchun xavfli va Rossiyaga noto’g’ri taassurot beradi”, - deydi u.

NATO shartnomasi kollektiv mudofaa bilan ta’minlaydi, lekin javob chorasi qanday bo’lishini har bir davlatning ixtiyorida qoldiradi.

Atlantika kengashi eksperti Jefri Gedmin Tramp bayonoti mintaqaviy xavfsizlik uchun tahdid tug’dirayotganidan xavotirda.

“Bu Yevropani zaiflashtiradi. Amerika ta’sirini kamaytiradi. Bu hech qachon foydali va samarali bo’lmaydi”, - deydi u.

Tahlilchilar fikricha NATO ta’minlab kelayotgan Yevropa xavfsizligidan AQSh katta manfaat ko’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG