Breaking News

AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti Mayk Pens kim?


Respublikachilardan vitse-prezidentlikka nomzod
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

Agar Donald Tramp noyabrdagi saylovda g’alaba qilsa, Mayk Pens uning vitse-prezidenti bo’ladi. Pens - tajribali siyosatchi va advokat, Indiana shtati gubernatori. Uni konservativ doiralarda hurmat qilishadi.

“Meni taniganlar biladi, oddiy odamman. Nasroniy, konservativ va respublikachi”, - deydi Pens.

Qadriyatlar uning uchun birinchi o’rinda.

“Yaxshi odamlar hech kim qaramay turganda yaxshilik qiladi. Indianadek shtatdan bo’lsansiz, bu ibora sizga tanish”, - deydi sharhlovchi Rendi Deklin.

1990-yillarda Mayk Pens Indianapolis shahrida konservativ teledastur boshlovchisi edi. Deklin o’shanda u bilan suhbatda kelajak rejalar haqida so’ragan.

“U aytgan gaplar ijobiy, ilhomga to’la edi”, - deydi u.

AQSh Vakillar Palatasi spikeri Pol Rayan Mayk Pensni iymon-e’tiqodi kuchli odam deb ta'riflaydi. "Unga ishonsangiz bo’ladi. Konservativ harakatdan, Amerikaning yuragidan chiqqan siyosatchi”, - deydi Rayan.

Mayk Pens Kongressga saylanish uchun ikki bor uringan. 2000-yilda nihoyat Indiana vakili bo’lishga erishdi. Vashintonda tajriba orttirdi, ammo hukumatni barcha muammolar kaliti deb hisoblamaydi.

“Olis poytaxtdagi bir guruh elita bizga aql o’rgatishidan, hayot haqida bizga dars berishga urinishidan charchaganmiz”, - deydi vitse-prezidentlikka nomzod.

Pens 2012-yilda Kongressni tark etib, gubernator etib saylandi. Abort, gomoseksuallar huquqi kabi masalalarda ko’p marta tanqidga uchragan.

Pens ko’p jihatdan Donald Trampdan farq qilsa-da, unga muvozanatlovchi kuch deb qarashadi.

“Partiyaning konservativ qanoti Trampga shubha bilan qaraydi, lekin bilishadiki Pensga ishonsa bo’ladi. Tramp Oq uyga saylansa, Pens Kongress a’zolari bilan kelishib keta oladigan muovin bo’ladi”, - deydi tahlilchi Gari Nordlinger.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG