Breaking News

Trampning o'ziga xosligi saylovda unga zararmi yoki foyda?


Donald Tramp - yagona respublikachi nomzod
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Donald Tramp - yagona respublikachi nomzod

AQShda har ikki yirik partiyadan prezidentlikka asosiy nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp o’z chiqishlarida bir-birini keskin tanqid qilmoqda. Yaqingacha Trampni nomzod sifatida tan olishdan bosh tortib kelgan ko’zga ko’ringan respublikachilar asta-sekin unga xayrixohligini bildirmoqda.

Donald Tramp poygada bu qadar uzoq qolishini hech kim tasavvur qilmagan edi. Uning partiyadosh raqiblari birin-ketin mag’lubiyatini tan olgach, Trampning Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod bo’lishiga to’siq deyarli qolmadi.

Trampning o'ziga xosligi saylovda unga zararmi yoki foyda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

“Amerikani yana buyuk, oldingidan ham qudratliroq qilamiz. Mamlakatimizni dunyoda yana hurmat qila boshlashadi”, - deydi Tramp.

Kongressga Nyu-Yorkdan saylangan Kris Kollinsning aytishicha, Tramp sekin, ammo ishonch bilan Respublikachilar partiyasini birlashtirishga urinmoqda.

“Hamkorlikka moyil, turli fikrlarga quloq beradigan arbob bu. Tramp Amerika xalqiga mos rahbar bo’ladi”, - deydi qonunchi.

Tahlilchi Fred Barnsning aytishicha, Tramp konservatorlarning uning nomzodi partiyani bo’lib qo’yadi degan ogohlantirishlariga bo’yin egmadi.

“Bir necha hafta oldin tasavvur qilish qiyin bo’lgan manzaraga guvohmiz - partiya Tramp atrofida birlashmoqda. Bu meni ham hayratga solmoqda”, - deydi ekspert.

Ba’zan Tramp imijini o’zgartirmoqchi bo’lganday ko’rinadi. Jurnalist Megin Kelli Tramp bilan yaqinda o’tkazgan intervyuda bir necha oy oldin o’zaro jiqqalashishganini eslatganda Tramp voqeani unutganlikka oldi.

“Twitterda edi adashmasam. Shunaqa deganmidim? Hm, mayli, uzr”.

Biroq Tramp oldinda hali ko’p to’siqlardan o’tishi, o’tmishdagi izohlaridan cho’chigan saylovchilar ko’nglini ovlashi kerak, deydi sotsiolog Frenk Nyuport.

“Trampning shaxsiyati ayrimlarga yoqmaydi. O’zini katta oladi, quyushqondan chiqqanday gaplashadi, jilovsiz, og’zi qulfsiz, irqchi. Aytish joiz bo’lmagan so’zlarni aytib, so’ng afsuslanadi. Odamlarning unga bergan ta’rifi shu”, - deydi mutaxassis.

Tahlilchi Bill Galstonning aytishicha, noyabrdagi asosiy saylov natijasi Trampning yovvoyi, intizomsiz nomzoddan iltifotli, ishonchga sazovor da’vogarga o’zgara olish qobiliyatiga bog’liq.

“Prezidentni saylashga kelganda amerikaliklar tavakkal qilishni istamaydigan xalq. Ular hozirgi holatdan nolishlari mumkin, biroq muqobil nomzod hozirgi holatdan yaxshiroqmi yoki yomonroqmi - hamma gap mana shunda. Tramp o’zini hozirgiday tutishda davom etsa, noyabrda mag’lubiyatga uchrashi mumkin”, - deydi Galston.

Ammo ommaviy so’rov natijalarida Trampga berilayotgan ovozlar oshmoqda va ayni damda u Xillari Klinton bilan teppa-teng ketmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG