Breaking News

Vashingtonda inauguratsiya, Nyu-Yorkda namoyishlar


Vashingtonda inauguratsiya, Nyu-Yorkda namoyishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:53 0:00

Vashingtonda inauguratsiya, Nyu-Yorkda namoyishlar

Amerikada bugun inauguratsiya tantanalari… Milliarder biznesmen Donald Tramp 45-prezident sifatida ish boshlar ekan, jamiyatni birlashtirishga va’da berdi.

Poytaxt Vashingtonda tumonat odam. Linkoln haykali poyida konsert ketidan Tramp qisqa nutq so’zlab, har bir fuqaro manfaati uchun qattiq mehnat qilaman, hech kim unutilmaydi, dedi.

“Biz boshlagan harakatga teng keladigani yo’q. Dunyo hali bunaqasini ko’rmagan. Amerikani yana buyuk qilamiz. Muayyan qatlam uchun emas, hammamiz uchun”, - dedi yangi prezident.

Nyu-Yorkda esa yangi ma’muriyatga qarshi namoyishlar, “fashizmga yo’l bermaymiz” degan hayqiriqlar… Gollivud yulduzlari Robert de Niro, Alek Boldvin, Julian Mur va Mark Ruffalo ham namoyishchilarga jo’r bo’ldi.

Mashhur qo’shiqchi Sherning aytishicha, Amerika o’z qadriyatlariga sodiq qolishi kerak. "Shu yurt uchun jon kuydirgan hech bir fuqaro Vashingtonda bo’layotgan bu voqealar jim qarab tura olmaydi", - deydi u.

Donald Tramp prezidentlikka kirishishi bilanoq katta o’zgarishlar qilishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG