"Islomiy davlat" tunislik ikki jurnalistni o'ldirganini aytmoqda

  • Amerika Ovozi

Nodir Ktarining onasi Tunisdagi namoyishda qatnashdi. 9-yanvar, 2015-yil.

Nodir Ktarining onasi Tunisdagi namoyishda qatnashdi. 9-yanvar, 2015-yil.

Tunisda juma kuni yuzlab odamlar namoyishga chiqib, "Islomiy davlat" jangarilari tomonidan qatl etilgani aytilayotgan ikki jurnalistni xotirladi.

"Islomiy davlat"ning Liviyadagi qanoti payshanba kuni jurnalistlarni o'ldirganini e'lon qilgan edi.

Jangarilar vebsaytida muxbirlar Sofien Shorabi va Nodir Ktarining qurollangan kishilar bilan surati paydo bo'ldi.

Tunis rasmiylari jangarilar bayonoti qanchalik asosli ekanini tekshirayapti.

Ikki jurnalistni oxirgi bor Liviyada sentabrda ko'rishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG