Breaking News

"Arab bahori" ni boshlab bergan Tunisda demokrat saylovlar


23-oktabrdagi saylovlarda 100 dan ortiq partiya bellashdi
23-oktabrdagi saylovlarda 100 dan ortiq partiya bellashdi

“Arab bahori” ni boshlab bergan mamlakat Tunisda inqilobdan 10 oy o’tib, demokratik saylovlar. Tunisga yangi parlament, tuzum va konstitutsiya kerak. Kecha to’rt yarim millionga yaqin fuqaro mana shu masalalar yuzasidan ovoz berdi.

Ovozlar sanalmoqda
Ovozlar sanalmoqda

Poytaxt Tunisdan uncha uzoq bo’lmagan Bir el Bey shahridagi maktab – saylov uchastkasi. Ovoz berish uchun yuzlab fuqarolar navbatda turibdi. 45 yoshli Chadiya Hirmiy umrida saylovga chiqmagan ekan.

Chadiya Hirmiy “Innahda” islomiy partiyasi uchun ovoz berdi. “Din hayotimizning ajralmas qismi”, - deydi u.

“Innahda” hokimiyatga intilayotgan 100 dan ortiq partiyadan biri.

Umrida ovoz bermagan fuqarolar ham bu safar saylovga chiqdi
Umrida ovoz bermagan fuqarolar ham bu safar saylovga chiqdi

O’zini Yasra Daggu deb tanishtirgan o’qituvchi “Al-Majid” partiyasi tarafdori ekan. Bu dunyoviy va mo’tadil siyosatni olg’a surayotgan harakat, deydi u.

“Diktator Bin Ali paytida kim ham ovoz bergisi kelardi. Berasizmi yo’qmi, baribir u saylanardi. Bugun esa odamlar bergan ovozi hisobga olinishi va xalq xohlagan rahbar saylanishini biladi”,- deydi bu ziyoli.

Saylovni kuzatayotgan Fil Xovard, AQSh Demokratiya Instituti vakili fikricha, jarayon xalqaro me’yorlarga javob beradi.

Ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 80 foizi saylovga chiqqan
Ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 80 foizi saylovga chiqqan

“Tunis xalqi bugun mag’rur va o’ziga nisbatan ishonchi oshgan. Diktatorni ag’darish oson bo’lmadi va ular qilgan inqilob arab dunyosini uyg’otdi. Tunisdagi erkin saylovlar boshqalarga o’rnak bo’lsa, ajabmas”.

76 yoshli Saloh G’arbu umrida uch marta ovoz berganini aytadi.

“Bizga odil rahbarlar kerak”,- deydi otaxon. “Xalqqa xizmat qiladigan, yosh avlodni to’g’ri yo’lga boshlaydigan, mamlakatni rivojlantirib, tinch-osoyishta saqlaydigan hukumat saylaymiz degan umiddaman”,- deydi u.

Hozirda ovozlar sanala boshlagan va natija tez orada ma’lum bo’ladi.

XS
SM
MD
LG