Tunisda keksa siyosatchi Essebsi prezident etib saylandi

  • Amerika Ovozi

Beji Kaid Essebsi dunyoviy Nidaa Tounes partiyasi rahbari Tunisda so'zlayapti. 21-dekabr, 2014.

Beji Kaid Essebsi dunyoviy Nidaa Tounes partiyasi rahbari Tunisda so'zlayapti. 21-dekabr, 2014.

Tunisda o'tgan ilk erkin prezident saylovlarida 88 yoshli Beji Kaid Essebsi g'alaba qozongan.

Saylovlar bu davlatning demokratiya yo'lidagi muhim qadami sifatida ko'riladi. Essebsi o'zini dunyoviy siyosatchi deb tasvirlaydi, avvalgi prezident Zaynobiddin bin Ali hukumatida ishlagan.

U 55 foizdan ko'p, amaldagi rahbar, islomiy partiya vakili Monsef Marzuki 44 foiz jamg'armani aytilmoqda.

"Arab bahori" davrida Tunis birinchi bo'lib uzoq yillik avtokrat rahbarni hukumatdan ag'dargan va butun mintaqada inqiloblar to'lqinini boshlab bergan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG