Tunis, Quvayt, Somalida qonli xurujlar

  • Amerika Ovozi

Quvayt

Quvayt

Tunis rasmiylarining aytishicha, sohilbo'yida qurollangan kishilar ikki mehmonxonaga hujum qilib, kamida kamida 28 odamni o'ldirgan. O'lganlar soni oshishi mumkin, deydi mutasaddilar.

Bugun, juma kungi hujum xorijliklar orasida mashhur dam olish maskanida ro'y bergan. Qurbonlar Tunis, Britaniya, Germaniya va Belgiya fuqarolari.

Tunis ahli mart oyidan beri vahimada - o'shanda jangarilar Bardo muzeyiga bostirib kirib, bir necha chet ellikni o'ldirgan edi.

Quvayt

Quvayt poytaxtida jangarilar masjidga hujum qilib, kamida 16 odamni o'ldirgan. 179 kishi jarohatlangan. Yana bir necha fuqaroning daraji yo'q.

"Islomiy davlat" radikal guruhi bu uning ishi ekanini aytmoqda.

Shialarning Imom Sodiq masjidi odamga to'la payt bir kishi o'zini portlatgan. O'lganlarning aksariyati erkaklar va o'g'il bolalar.

Somali

Somali janubidagi Ligo shahrida al-Shabab jangarilari Afrika Ittifoqining harbiy bazasiga hamla qilib, o'nlab askarni o'ldirgani aytiladi.

Guvohlarning so'zlariga qaraganda, qurol ko'targan jangarilar mashinada bazaning darvozasini buzib kirib, Burundi askarlari bilan olisha ketgan. Otishma bir necha soat davom etgan.

Al-Shabab jangarilari 50 dan ziyod askarni o'ldirganini da'vo qilmoqda. Somali rasmiylari Afrika Ittifoqining qo'shinlari katta talofat ko'rganini tasdiqladi. Rasmiylar al-Shababning orasida ham o'lganlar ko'p ekanini aytadi. Somalida 2007-yildan beri jangarilar bilan olishayotgan Afrika Ittifoqi askarlarining ko'pini Uganda va Burundi harbiylari tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG