"Islomiy davlat": Tunisdagi xuruj bizning ishimiz

  • Amerika Ovozi

Politsiyachi otishma ro'y bergan hududni qo'riqlamoqda, Tunis, 19-mart, 2015-yil.

Politsiyachi otishma ro'y bergan hududni qo'riqlamoqda, Tunis, 19-mart, 2015-yil.

18-mart kuni Tunis poytaxtidagi yirik muzeyga qurollangan odamlar bostirib kirishi oqibatida 23 kishi o'lgan, ularning aksariyati xorijlik sayyohlar.

Bo'lib o'tgan otishmani "Islomiy davlat" jangari guruhi amalga oshirganini da'vo qilmoqda.

Poytaxt Tunis shahridagi Bardo muzeyida ro'y bergan bu xurujda o'lganlardan 17 nafari chet ellik, xususan, Polsha, Italiya, Germaniya va Ispaniya fuqarolari, deya xabar beradi matbuot. Yana ikki soqchi halok bo'lgan.

Televideniyeda muzeydan qochayotgan bolalar va keksalar tasvirlangan videoni ko'rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining bildirishicha, politsiya qurollangan ikki hujumchini o'ldirgan. Muzey parlamentning yaqinida joylashgan, qonunchilar evakuatsiya qilingan.

O'sha payt adliya vaziri, sudyalar, bir necha harbiy parlament sessiyasida qatnashayotgan bo'lgan.

Tunis huquq-tartibot organi xodimali hujumga aloqador to'qqiz kishini hibsga olgani haqida xabar bergan.

Tunis Parlamenti Prezidenti Muhammad Annosirning aytishicha, hujumda parlament binosi va milliy muzey nishonga olingan.

Mamlakat Prezidenti Qoid Assabsi televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, terrorga qarshi kurash olib borilayotganini va ozchilik jinoiy guruhlar tunisliklarni qo'rqita olmasligini ta'kidlagan.

Tunis 2011-yilda "arab bahori"dan keyingi qonli inqiloblar va xurujlardan omon qolgan yagona davlat sifatida ko'riladi. Mamlakat yevropalik turistlar orasida mashhur va sayyohlar olib kelayotgan daromadga qattiq tayanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG