Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

  • Amerika Ovozi

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton deydiki, Suriya prezidenti Bashar al-Assad o'z xalqining qonini to'kayotgani uchun javob beradi. “Suriyaning do’stlari” - AQSh, Yevropa Ittifoqi va Arab Ligasi - Tunisda majlis qilib, minglab odamning yostig'ini quritgan mojaroga yechim qidirmoqda.

Konferensiyada 70 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashyapti. Talab shuki, Bashar al-Assad ma’muriyati zudlik bilan tinch aholiga qarshi hujumlarni bas qilsin, mamlakatga gumanitar yordam yetkazilsin.

O’zlarini “Suriyaning do’stlari” deb atayotgan anjuman ishtirokchilari deklaratsiya qabul qiladi. Sulh e’lon qilib, kelasi 48 soat ichida aholiga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazish – undagi bosh talablardan biri.

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

Hukumatga qarshi namoyishlar o’chog’i – Suriyaning Hims shahri fojiali bir ahvolda, deydi guvohlar. Armiya uch haftadan beri bombardimon qilayotgan bu shahar yer bilan yakson bo’lgan. Yegulik, suv va dori havodek zarur.

Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi bugun shahardan yetti kishini evakuatsiya qilgan.

Tunisdagi anjumanda Bashar al-Assad hukumatiga qarshi qabul qilingan sanksiyalarni to’la tatbiq etish, xususan moliyaviy cheklovlarni kengaytirish va Suriya neftidan voz kechish haqida muhokama ketmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashining ikki doimiy a’zosi – Rossiya va Xitoy vakillarini yubormagan. Ular nazarida, Suriyada bo’layotgan voqealar “ichki mojaro” va xalqaro hamjamiyat aralashuviga hojat yo’q.

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

Klinton: Suriya rahbari qatliom uchun javob beradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Kofi Annan Suriya mojarosiga yechim topishda Arab Ligasi bilan yaqindan ishlashga tayyor. U bu masala bo’yicha vakil etib tayinlangan.

Deyarli bir yildan beri Assad tuzumiga qarshi kurashayotgan isyonchilar xalqaro hamjamiyatdan qurol-yarog’ so’rab keladi, biroq bu borada yakdillik yo’q.

Kecha Suriya bo’ylab zo’ravonliklarda yana 40 kishi halok bo’lgan. O’tgan yildan buyon 7 mingdan oshiq odam nobud bo’lgani taxmin qilinadi.

Suriya davlat televideniyesi Tunisdagi majlisni qoralab, uning ishtirokchilari “xalqimizning do’sti emas, azaliy dushmanlari” deya tasvirlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG