Inqilobdan ikki yil o'tib, Tunis qay yo'lni tanlaydi?

  • Amerika Ovozi

Dunyoviy tuzumni targ'iib qilgan Chokri Belaid uchun motam...

Dunyoviy tuzumni targ'iib qilgan Chokri Belaid uchun motam...

Tunisda dunyoviy siyosiy tuzumni targ’ib qilgan arbob o’ldirib ketilganidan beri beqarorlik hukm surmoqda. Bugun hokimiyatdagi islomiy partiya An-Nahda tarafdorlari namoyishga chiqib, birdamlikka undagan.


Mamlakat siyosatchilari ayni damda yangi bosh qomus ustida ishlamoqda. Rahbariyat bu jarayon to’xtab qolmasin deydi.

Lekin muxolifat yetakchisi Chokri Belaidning otib o’ldirilgani jamiyatda hukumatga nisbatan shubha-gumonni avj oldirib, marhumning oilasi An-Nahda partiyasini qotillikda ayblamoqda. Rasmiylar bu tuhmat deydi.

Belaidning dafn marosimida o’nlab ming odam qatnashgan. Odamlar islomiy partiya yetakchisi Rashid Ganuchiyga lan’atlar aytib, uni qo’li qonga botgan, Tunisni yangi davrga yetaklash emas, ibtidoiy tuzumga qaytarish uchun harakat qilayotgan siyosatchi sifatida tasvirlaydi.

Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, o’tgan kunlar ichida kuzatilgan tartibsizliklarda 132 kishi hibsga olingan.

Hukumatga siyosiy partiyalarga aralashmagan odamlar keladi, deya va’da bermoqda Bosh vazir Hamadi Jibaliy. Lekin An-Nahda ichida bunga qarshilik kuchli.

Inqilobdan ikki yil o’tib, Tunis hamon o’ziga ma’qul yo’l qidirmoqda.

Diktaturadan keyingi ilk demokratik saylovda An-Nahda g’olib chiqqan. Jamiyat ikkiga bo’lingan. Dunyoviylik tarafdorlari va kelajakni islomiy tuzumda ko’radigan fuqarolar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG