Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi


Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

Mamlakatni 23 yildan beri boshqarib kelgan Zin al-Abidin Ben Ali va uning oila a’zolari Saudiya Arabistoniga qochishga majbur bo’lgan.

Tunis poytaxti va boshqa shaharlarda xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashuvlarda o’nlab odam halok bo’lgani ma’lum.

Dam olish maskanlari bilan mashhur, Shimoliy Afrikadagi bu kichik davlat barqaror va o’ziga to’q bir jamiyat deb ko’rilar edi. Ishsizlik, qashshoqlik, korrupsiya va siyosiy repressiyalar oxir-oqibat xalqni bosh ko’tarishga majbur etgani aytiladi.

Ayni paytda Tunis poytaxti harbiylar nazorati ostida. Ahvol hamon qaltis, otishma va tartibsizliklar davom etayotgani haqida xabarlar bor. G’alayon paytida binolar, mol-mulk, xususan xorijiy tadbirkorlarga tegishli do’konlar talon-taroj qilingan.

Respublikaning qonunchilik masalalari bo’yicha oliy organi - Tunis Konstitutsion Kengashining ma’lum qilishicha, prezident Ben Ali endi vatanga qaytmaydi. Parlament spikeri Fuad Mebazza muvaqqat rahbar etib tayinlangan. Muxolifat bilan koalitsion hukumat tuzish haqida gap ketmoqda.

Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

“Yangi hukumat xalq xizmatida bo’ladi, uning ishonchini qayta qozonadi”, - deydi Tunis Bosh vaziri Muhammad Ganuchi, xalqni birdamlikka chaqirar ekan.

Qonunga muvofiq, prezident saylovlari ikki oy ichida o’tkazilishi kerak. Afrika Ittifoqi Fuad Mebazzani Tunis muvaqqat rahbari deb tan olgan.

Guvohlarning aytishicha, chekka shaharlarda “qashshoqlik va repressiyalarga barham berilsin” singari shiorlar ostida norozilik aksiyalari davom etyapti.

Tunis janubidagi Monastir shahrida turmadan qochishga uringan o’nlab mahbuslar otib o’ldirilgan. Boshqa bir qamoqxonada 42 nafari yong’inda nobud bo’lgani ma’lum.

Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

Tunis prezidenti xalq g’alayoni natijasida hokimiyatdan ketdi

Imkoniyatsizlik, qimmatchilik va korrupsiyadan charchagan tunisliklar o’tgan bir oydan beri prezident Ben Alining iste’fosi talab qilib kelayotgan edi. Hukumat bunga kuch bilan javob bergani vaziyatni tamoman izdan chiqardi va avtoritar tuzum qulashiga olib keldi, deydi kuzatuvchilar.

1987 yili hokimiyatga kelgan prezident Ben Ali va uning oila a’zolari himoya so’rab avvalo Fransiyaga murojaat qilgan. Rad javobini olgach, Saudiya Arabistoniga yo’l olgan.

Tunisdagi voqealar diktatura hukmron qo’shni arab mamlakatlarda aks-sado bermoqda. Misrdagi huquq faollari fikricha, o’z xalqini temir panja ostida ushlab turgan hukmdorlar bundan saboq olishi lozim. Ertami-kechmi bu tuzumlar kuni xuddi shunday bitadi, deydi ular.

Prezident Husni Muborak, ma’lumki, Misrni qariyb 30 yildan beri boshqarib keladi. Bu mamlakatda asoslangan Arab Ligasi tashkiloti Tunis xalqini birdam bo’lishga chaqirmoqda.

Prezident Ben Ali va uning yaqinlariga Saudiya Arabistoni boshpana bergan

Prezident Ben Ali va uning yaqinlariga Saudiya Arabistoni boshpana bergan

Fransiya hukumati Tunisda tez orada saylovlar o’tkazilishi tarafdori va bu borada ko’mak berishga tayyor. Tunis 1956 yilgacha Fransiya koloniyasi bo’lgan.

Germaniya kansleri Angela Merkelning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi bu o’lkada “haqiqiy demokratiya” qaror topishini qo’llab-quvvatlaydi.

AQSh rahbari Barak Obama o’z haq-huquqini talab qilib chiqqan fuqarolarga qarshi kuch qo’llanganini qoralamoqda.

“Fundamental huquqlar har bir jamiyatda e’zozlanishi shart. AQSh va dunyo hamjamiyati Tunis xalqining shijoat-jasoratiga guvoh bo’ldi. Yangi hukumatni saylovlar erkin va adolatli o’tishini ta’minlashga chaqiraman”, - deydi Barak Obama.

XS
SM
MD
LG